Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Xorijlik talabalar soni O‘zbekistonda 28 foiz oshdi

O‘zbekiston
455
Xorijlik talabalar soni O‘zbekistonda 28 foiz oshdi
O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida kelgan xorijlik talabalar soni 2024 yilning so‘nggi sakkiz oyida sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur davrda mamlakatga jami 14 216 nafar chet ellik talabalar kirib kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 179 nafarga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 28,8 foizni tashkil etdi.

Xorijdan kelgan talabalar sonining ko‘payishi O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborining oshayotganidan dalolat beradi. Eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgan bo‘lib, ularning soni 4 603 nafarni tashkil etadi.

Shuningdek, Hindistonlik talabalar 3 477 nafar bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Tojikiston, Xitoy va Pokistondan kelgan talabalar soni ham sezilarli miqdorda.

Boshqa davlatlardan kelgan talabalar soni quyidagicha taqsimlangan: Janubiy Koreya – 553 nafar, Qirg‘iziston – 333 nafar, Amerika Qo‘shma Shtatlari – 319 nafar, Filippin – 245 nafar, Turkiya – 233 nafar, Afg‘oniston – 226 nafar, Misr – 203 nafar, Rossiya – 121 nafar, Buyuk Britaniya – 110 nafar, Janubiy Afrika Respublikasi – 98 nafar va boshqa mamlakatlardan jami 893 nafar talabalar tahsil olmoqda. Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 12,5 ming nafarga yetgani ma’lum qilingan.

Bu raqamlar mamlakat ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik va ta’lim sifatining oshishini ko‘rsatadi. Xorijdan kelgan talabalar sonining har yili ortib borishi O‘zbekistonning ta’lim maydonidagi nufuzining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda (manba: milliy statistika qo‘mitasi).

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
23 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 23-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
22 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 22-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
21 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-10-2026