Bugun
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Vetnamni yengib pley-offga chiqdi
+28°
пасмурно ветер 2 м/с, З
ENRU

Antibiotiklarga chidamlilik global sog‘liq xavfi yaratmoqda

O‘zbekiston
11
Antibiotiklarga chidamlilik global sog‘liq xavfi yaratmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi hisobotida antibiotiklarga chidamlilikning oshib borayotgani haqida og‘ir muammo qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Antibiotiklar bakteriyalarga qarshi kurashda tobora samarasiz bo‘lib, bu holat asosan ularning noto‘g‘ri va ortiqcha qo‘llanilishi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlandi. Hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha infeksiyalarning dori vositalariga chidamliligi har yili o‘rtacha 5 dan 15 foizgacha oshmoqda.

Bu esa sog‘liqni saqlash tizimiga katta xavf tug‘dirmoqda. Masalan, Escherichia coli bakteriyalarining 40 foizidan ko‘prog‘i, Klebsiella pneumoniae turlarining esa 55 foizidan ortig‘i peshob yo‘llari, ovqat hazm qilish tizimi va qon infeksiyalarini davolash uchun ishlatiladigan antibiotiklarga javob bermayapti.

Ba’zi infeksiyalar esa shunchalik chidamli bo‘lib qoldiki, mavjud dori vositalari ularni davolashda samara bermaydi. Ayniqsa, Salmonella, oltin stafilokokk va E.coli sababli har yili millionlab odamlar hayotdan ko‘z yummoqda.

JSST vakili Silviya Bertanolio ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda antibiotiklarga chidamli bakteriyalar tufayli 8 millionga yaqin inson vafot etgan. Bu esa insoniyat uchun jiddiy tibbiy muammo hisoblanadi.

Hisobotda yangi avlod antibiotiklarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mavjud antibiotiklarni ortiqcha va asossiz ishlatishni cheklash muhimligi qayd etildi.

Mutaxassislar antibiotiklarning noo‘rin qo‘llanilishi bakteriyalarning chidamliligini kuchaytirib, kelajakda oddiy kasalliklarni ham davolashni qiyinlashtirishi mumkinligini bildiradilar. Shuning uchun JSST barcha mamlakatlarni tibbiy nazoratni kuchaytirishga va antibiotiklardan faqat zarur holatlarda foydalanishga chaqirmoqda (manba: jsst.org).

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 23 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 sentabr
23 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 22 sentabr
22 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 21 sentabr
21 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 21-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 20 sentabr
20 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekiston00:10, 20-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 19 sentabr
19 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 19-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
18 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 18-09-2026