ENRU

Prezident Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

O‘zbekiston
41
Prezident Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-oktyabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashrif doirasida davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. An’anaga muvofiq, avvalo Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilinib, Qur’on tilovat qilindi va duo o‘qildi.

Prezident majmuada olib borilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ushbu majmua davlat rahbari tashabbusi bilan qaytadan bunyod etilib, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Majmua hududi kengaytirilib, uning umumiy maydoni 44 gektarga yetkazildi. Yangi loyihalar doirasida mo‘tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid, ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurib bitkazilgan.

Majmua hududiga 75 metrlik to‘rtta minoralar o‘rnatilib, unga alohida mahobat baxsh etilgan. Majmuada yangi tashkil etilgan muzeyda Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Shuningdek, bu yerda Qur’oni karimda nomlari zikr qilingan 25 ta payg‘ambar tarixi, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning shajarasi, Makka va Madinada kechgan hayoti hamda hadislar jamlanishi haqida ma’lumotlar joylashtirilgan. Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi yakuniy bosqichga kirgan.

Bu yerda bir to‘rt yulduzli, ikki uch yulduzli va 22 oilaviy mehmonxona tashkil etilgan. Davlat rahbari majmua faoliyatini yanada takomillashtirish, odamlarga qulayliklarni kengaytirish, yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ezgu niyat bilan majmua hududiga daraxt ko‘chatlari ekildi. Manba: Zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 28 sentabr
28 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 27 sentabr
27 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 26 sentabr
26 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 26-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 sentabr
25 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 25-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 24 sentabr
24 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 24-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 sentabr
23 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 23-09-2026