Bugun
Argentina terma jamoasining yangi sardori Kristian Romero bo‘ladi
+21°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

2026-yildan tibbiy xizmatlar sifatini xalq baholaydi

O‘zbekiston
33
2026-yildan tibbiy xizmatlar sifatini xalq baholaydi
2026-yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston aholisi tibbiy xizmatlar sifatini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha, bugungi kunda odamlarning hayotga bo‘lgan munosabati, talab va dunyoqarashi o‘zgarib bormoqda.

Bu esa tibbiyot sohasida xizmatlar sifatini oshirishni talab etadi. Shu munosabat bilan noyabr va dekabr oylarida zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.

2026-yil yanvar oyidan boshlab esa xalq fikrini inobatga oladigan yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, 26 ta tibbiyot markazi rahbarlari, viloyat va tuman sog‘liqni saqlash boshliqlari hamda poliklinika mudirlari oylik rejalar asosida faoliyat olib boradi.

Ular televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga eng ko‘p uchraydigan kasalliklar va ularni kamaytirish usullari haqida ma’lumot berishadi. Bundan tashqari, shifokorlar tibbiy ko‘riklar ahamiyati, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va sog‘liqni asrash bo‘yicha tushuntirish ishlarini faol olib boradi.

Tibbiyot markazlari rahbarlari esa eng og‘ir hudud va mahallalarga borib, mavjud kasalliklarning sabablarini o‘rganadi, ularni bartaraf etish bo‘yicha yechimlar izlaydi. Shuningdek, mahalliy shifokorlarga zamonaviy davolash usullarini o‘rgatadi.

Bu orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati yanada oshirilishi ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 29 sentabr
29 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 sentabr
28 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 27 sentabr
27 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekiston00:10, 27-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 sentabr
26 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 26-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 sentabr
25 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 25-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 24 sentabr
24 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 24-09-2026