ENRU

O‘zbekiston zaxiralari tarixiy rekord darajaga yetdi

O‘zbekiston
52
O‘zbekiston zaxiralari tarixiy rekord darajaga yetdi
O‘zbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari so‘nggi yillarda kuzatilmagan darajada oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, mamlakatning xalqaro zaxiralari 59,3 milliard dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori natija sifatida qayd etildi.

Markaziy bank hisobotida qayd etilishicha, zaxiralar bir oy ichida 4,3 milliard dollarga oshgan. Ushbu o‘sish asosan jahon bozorida oltin narxlarining yil boshidan buyon qariyb 50 foizga ko‘tarilgani bilan bog‘liq.

Xususan, oktyabr oyida valyutalar hisobidagi mablag‘ 731 million dollarga oshgan bo‘lsa, oltin zaxiralari qiymati 3,6 milliard dollarga ko‘payib, 47,8 milliard dollarga yetgan. Bundan tashqari, oltinning jismoniy hajmi ham oshib, 11,6 million troya unsiyadan 11,9 million troya unsiyagacha ko‘tarilgan.

Shuningdek, Markaziy bank balansidagi qimmatli qog‘ozlar portfeli ham o‘sib, 1 milliard 23 million dollarga yetgani qayd etilgan. Mutaxassislarning fikricha, oltin narxlaridagi keskin o‘sish jahon bozorlaridagi iqtisodiy beqarorlik, geosiyosiy ziddiyatlar va AQSH Federal rezerv tizimining siyosiy qarorlari bilan bog‘liq.

Iqtisodchilar bu holatni O‘zbekistonning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va tashqi iqtisodiy shoklarga qarshi turish qobiliyatini kuchaytiruvchi omil sifatida baholamoqda. Manba: Spot.uz.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
23 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 23-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
22 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 22-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
21 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-10-2026