Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi

O‘zbekiston
28
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi
O‘zbekiston AQShda yangi konsulliklar ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika-O‘zbekiston biznes kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonida so‘z yuritilgan. Mazkur konsulliklar AQShning Chikago, Orlando va Sietl shaharlarida ochilishi ko‘zda tutilgan.

Ularning asosiy vazifasi AQShda yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir. Shu bilan birga, yangi konsulliklarga AQShning turli sohalarida ishlash bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislar jalb qilinadi.

Konsulliklar joylashuvini belgilashda AQShdagi o‘zbekistonliklar soni ham inobatga olinmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilga kelib AQShda yashayotgan o‘zbekistonliklar soni 75 ming kishini tashkil qiladi.

Davlat statistika qo‘mitasining hisobotlariga qaraganda, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida AQShga 12,9 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 9,3 foizga oshgan.

Safar qiluvchilarning aksariyati, ya’ni 9,2 ming kishi, AQShga turist sifatida borgan. Shuningdek, 3,1 ming kishi qarindoshlarini ziyorat qilish maqsadida tashrif buyurgan bo‘lsa, 304 nafar fuqaro o‘qish uchun AQShga kelgan.

Yangi konsulliklar bu kabi tashriflar va vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
16 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
15 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
14 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9683 Krasnoyarsk
O‘zbekiston00:10, 14-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
13 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 13-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
12 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 12-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
11 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY337 Jidda 05:10
O‘zbekiston00:10, 11-11-2026