Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

Prezident Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi

O‘zbekiston
34
Prezident Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimni qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu uchrashuv multimodal tashuvlar bo‘yicha xalqaro forum doirasida tashkil etildi. Suhbat davomida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Kengashning ko‘p tomonlama tashabbuslarni muvofiqlashtirish va ilgari surishdagi roli hamda faoliyati ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Joriy yilda Budapesht va Gabala shaharlarida o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan strategik tashabbuslarni amalga oshirish masalalariga katta e’tibor qaratildi.

Ushbu takliflar mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va turkiy davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oqsoqollar kengashining institutsional salohiyatini oshirish va turkiy xalqlarning milliy an’analari, ma’naviy merosi hamda madaniy birligini asrashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif etdi.

Bu kabi tashabbuslar Turkiy davlatlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
10 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
9 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
8 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekiston00:10, 08-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
7 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY9683 Krasnoyarsk
O‘zbekiston00:10, 07-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
6 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40 763
O‘zbekiston00:10, 06-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
5 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 05-11-2026