Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Bekobodda yangi bog‘cha qurilishida pora va kamomad aniqlandi

O‘zbekiston
67
Bekobodda yangi bog‘cha qurilishida pora va kamomad aniqlandi
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 2024-yil dekabr oyida foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bo‘yicha prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tekshiruv davomida 176 million so‘mlik moliyaviy kamomad aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan qurilish ishlarini amalga oshirgan mas’ul MCHJ rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasining bosh yuriskonsulti mazkur tekshiruv natijalarini ijobiy hal qilish uchun MCHJ rahbaridan 8 400 AQSH dollari miqdorida pora talab qilgani ma’lum bo‘ldi. U bu ishni o‘z mansabdor tanishlari yordamida hal qilishini bildirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bosh yuriskonsult talab qilgan mablag‘ni olayotgan paytda qo‘lga olindi. Hodisa joyida barcha dalillar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat bo‘yicha gumondorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik), shuningdek, 28 va 211-moddalari (pora olishga dalolat qilish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: Zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026