Bugun
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
+28°
облачно с прояснениями ветер 2.1 м/с, ЮЗ
EN RU

O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorligi yangi bosqichda

Oʻzbekiston
34
O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorligi yangi bosqichda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Toshkentda, Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Davlat rahbarlari uchrashuv avvalida Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi ikki qardosh xalq orasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarining mustahkamligini ko‘rsatuvchi muhim voqea ekanini ta’kidladilar. Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Savdo, transport, energetika, suv xo‘jaligi kabi sohalarda erishilgan yutuqlar yuqori baholandi. Shuningdek, so‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmining ikki baravar oshib, 1 milliard dollardan oshgani qayd etildi.

Yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 2 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. “Shovot–Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasining ishga tushirilishi tovar ayirboshlashni rivojlantirishda muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

Ushbu tajribani “Olot–Farab” hududida ham qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida qurilish materiallari, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa talab yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Energetika sohasida istiqbolli konlarni birgalikda o‘zlashtirish va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Transport sohasida esa yuk tashish hajmini oshirish, bojxona va logistika jarayonlarini soddalashtirish, shuningdek, Turkmanboshi portini birgalikda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Toshkent va Ashxobod o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashga kelishib oldi. Gumanitar sohadagi hamkorlikning ahamiyati alohida qayd etildi.

Urganch va Toshkentda o‘tkazilgan Turkmaniston madaniyati kunlari va turkman filmlari namoyishlari katta qiziqish uyg‘otgani ta’kidlandi. Kelgusida o‘zaro konsertlar, teatr safarlari, Xivada yoshlar forumini tashkil etish va qo‘shma filmlar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va tasdiqlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Rasmiy uchrashuvlar natijalari ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston 02:57, 31-05-2026
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston 02:33, 31-05-2026
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston 01:40, 31-05-2026
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston 01:36, 31-05-2026
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston 00:59, 31-05-2026
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston 00:31, 31-05-2026