Bugun
Lionel Messi Argentina milliy terma jamoa bilan xayrlashdi
+38°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Zarafshon suvi kamaymoqda: Samarqandda yangi choralar ko‘riladi

O‘zbekiston
58
Zarafshon suvi kamaymoqda: Samarqandda yangi choralar ko‘riladi
Samarqand viloyati uchun asosiy suv manbasi bo‘lgan Zarafshon daryosidan kelayotgan suv miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu holat Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 25-noyabr kuni Urgutda o‘tgan sessiyada muhokama qilindi. Suv tanqisligi qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tizimiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Daryodagi suv kamayishi sababli yer osti suvlaridan foydalanish ikki barobarga oshgan. Shu bois kelgusi yilga kamida 30 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Fermerlar uchun tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlariga imtiyozli kreditlar taklif etiladi. Kredit stavkalari 14 foizdan 10 foizgacha pasaytiriladi, paxta maydonlari uchun har bir gektar uchun 12 million so‘m subsidiya ajratiladi.

Suvdan foydalanishni samarali tashkil etish uchun yangi tizim joriy etiladi. Suv solig‘idan tushgan mablag‘lar to‘liq tuman suv xo‘jaliklari ixtiyorida qoladi va ariq hamda kanallarni betonlashtirishga yo‘naltiriladi.

Har yili 1 ming kilometr tuproq kanallar beton qoplamaga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Urgut tumani yerlari bo‘yicha ham sessiyada ma’lumot berildi.

Tumanda 112 ming gektar yer maydonining 12 ming gektari sug‘oriladigan maydonlardir. Bu yil 2 ming gektar g‘alla va 3,5 ming gektar tamaki maydonlari meva-sabzavot yetishtirishga yo‘naltirilmoqda.

Yangi 5,5 ming gektar maydonda eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar yetishtiriladi, jumladan, 3 ming gektarda oq kishmish yetishtirilib, 80 million dollarlik mayiz eksporti yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Urgutdagi 500 gektar tog‘-oldi hududlarida sanoatlashgan uzumzorlar tashkil etiladi va aholiga 10 gektardan taqsimlash taklif qilinmoqda.

Ishtixon tumanida esa 2 ming gektar qir-adir hududlarda shunga o‘xshash uzumzorlar tashkil etilishi reja qilingan. Ushbu yerlarga suv yetkazib berish uchun 50 ta artizan qudug‘ini qazish va ularga 15–20 kilovattli quyosh panellari o‘rnatish maqsadida 30 milliard so‘mlik mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 2 sentabr
2 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 1 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 sentabr
1 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 31 avgust
31 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:10, 31-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 avgust
30 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 30-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
29 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 29-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 28 avgust
28 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekiston00:10, 28-08-2026