Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Mahdumi A’zam ziyoratgohi obodonlashtirilmoqda

O‘zbekiston
41
Mahdumi A’zam ziyoratgohi obodonlashtirilmoqda
Prezidentimiz Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani, Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam ziyoratgohi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ziyoratgohni obod qilish bo‘yicha loyiha bilan davlat rahbari joriy yilning mart oyida tanishgan edi. Mahdumi A’zam aslida hozirgi Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tug‘ilgan.

U naqshbandiya tariqatining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, yoshlik chog‘ida Farg‘onada ta’lim olgan va keyinchalik Samarqandda Xoja Ahror Valiyning shogirdi bo‘lgan. Mahdumi A’zam tariqat ilmi bo‘yicha 30 dan ortiq asar yozgan va ko‘plab shogirdlar tayyorlagan.

Uning diniy va ilmiy xizmatlari uchun “Mahdumi A’zam” unvoni berilgan. U Samarqand viloyatida abadiy qo‘nim topgan.

Yalangtosh Bahodir ushbu zotning qabri ustiga dahma, katta masjid va madrasa qurdirdi. U o‘zi ham vafotidan so‘ng shu yerda dafn etilgan.

Ziyoratgohda 50 dan ortiq qabr toshlari saqlanib qolgan bo‘lib, ular orasida Afg‘onistonning ikki nafar hukmdori ham dafn etilgani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bugungi kunda ziyoratgohda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Maydoni 5 gektarga yaqin bo‘lgan bu hududda zamonaviy infratuzilma barpo etilmoqda. Ziyoratchilar uchun uch qavatli avtoturargoh, kirish darvozasi, ma’muriy binolar, tahoratxona, ming kishilik masjid va qo‘shimcha ayvonlar qurilmoqda.

Ushbu loyihalar keluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Rekonstruksiyadan so‘ng ziyoratgoh bir vaqtning o‘zida 35 ming nafar ziyoratchini qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Ilgari bu ko‘rsatkich atigi 5 ming kishi edi. Shuningdek, hududda 40 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etiladi, daraxtlar ekilib, bog‘ va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident ziyoratgohda Qur’on tilovatini tingladi, daraxt ekdi va Mahdumi A’zamning ruhini yodga oldi. Shuningdek, hududni yanada obod qilish va asrlarga tatigulik daraxtlarni ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

(Manba: One.uz)

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026