ENRU

O‘zbekistonda chiziqli gienalar soni 40 taga yetmaydi

O‘zbekiston
29
O‘zbekistonda chiziqli gienalar soni 40 taga yetmaydi
O‘zbekistonda chiziqli giena juda noyob hayvon hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aslida bu turli gienalarni odatda Afrika savannalarida uchratamiz, ammo ular O‘zbekiston hududida ham yashaydi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda butun mamlakatda chiziqli gienaning soni 30–40 donadan oshmaydi.

U asosan Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida uchraydi. Yaqinda CITES (yo‘qolib ketish xavfidagi turlar bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya)ning 20-yig‘ilishi doirasida “Chiziqli giena xavf ostida” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston va Tojikistonning hamkorligida tashkil etildi. Unda chiziqli gienaning global ekotizimdagi muhim roli, xususan, “sanitar” vazifasini bajarishi haqida fikr bildirildi.

Shuningdek, bu hayvon hali ham yetarli darajada himoyalanmayotgani ta’kidlandi. Tadbir davomida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Jumladan, chiziqli gienaning transchegaraviy holatini aniqlash, IUCN Qizil ro‘yxatidagi maqomini qayta ko‘rib chiqish va moliyalashtirish masalalarini himoya strategiyalariga kiritish lozimligi muhokama qilindi. Tadbir tashkilotchilari bu turga “tushunarsiz yirtqich” sifatida noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishni to‘xtatib, uni ekotizimlar uchun muhim hamkor sifatida tan olish zarurligini ta’kidlashdi.

Chiziqli giena odamlar uchun xavf tug‘dirmaydi, ammo ba’zan chorvaga hujum qilgani uchun cho‘ponlar tomonidan o‘ldiriladi. Mutaxassislar bunday holatlarning oldini olish maqsadida chorvadorlarga kompensatsiya to‘lash tizimini joriy qilishni taklif etishmoqda.

Ushbu hayvonning nihoyatda ehtiyotkorligi sababli u fotoqopqonlarda deyarli tasvirga tushmagan. Faqat cho‘ponlar tomonidan olingan videolar orqali uning mavjudligi qayd etilgan.

Bu esa chiziqli gienaning qanchalik noyob va ehtiyotkor jonivor ekanini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 16 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 16 oktabr
16 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 15 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 15 oktabr
15 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 14 oktabr
14 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 14-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 13 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 13 oktabr
13 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 13-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 12 oktabr
12 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY3217 airport.NGO
O‘zbekiston00:10, 12-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 11 oktabr
11 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 11-10-2026