ENRU

O‘zbekiston davlat qarzi 44 milliard dollarga yetdi

O‘zbekiston
55
O‘zbekiston davlat qarzi 44 milliard dollarga yetdi
O‘zbekiston davlat qarzi yil sayin oshib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2025-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatning umumiy qarzi 44 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4,9 milliard dollarga oshgan.

Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotdagi (YAIM) ulushi 32,3 foizga teng bo‘lib, aholi jon boshiga qarz miqdori 1154 dollarni tashkil qilmoqda. Umumiy qarzning 36,7 milliard dollari tashqi qarz, 7,2 milliard dollari esa ichki qarz hisoblanadi.

Tashqi qarzning 47 foizi davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun, 16 foizi energetika sohasiga, qolgan qismi esa qishloq xo‘jaligi, transport va uy-joy-kommunal sohalarga yo‘naltirilgan. O‘zbekistonning asosiy kreditorlari Jahon banki (8 milliard dollar) va Osiyo taraqqiyot banki (7,5 milliard dollar) hisoblanadi.

Tashqi qarzning 63 foizi AQSh dollarida, 12 foizi milliy valyuta so‘mda, 8 foizi esa yevroda shakllantirilgan. Mutaxassislarning fikricha, iqtisodiy o‘sish va infratuzilma loyihalariga bo‘lgan ehtiyoj tashqi mablag‘larni jalb qilishni kuchaytirmoqda.

Shu bilan birga, davlat kafolatisiz olingan, ammo davlatga tegishli korxona va banklar zimmasiga tushadigan “kvazi-davlat” qarzlari ham ortib bormoqda. 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi, ya’ni davlat va xususiy sektor qarzlarining jami, 72,2 milliard dollarni tashkil etgani qayd etilgan.

Manba: Zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
26 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY231 Frankfurt 04:15 32Q HY3223 Antalya
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 24-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
23 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 23-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
22 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 22-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
21 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-10-2026