Bugun
Afg'onistonda qizlarning nikoh yoshi to'qqiz yosh etib belgilandi
+19°
ясно ветер 2.4 м/с, СВ

O‘zbekiston va JBIC: 10 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston
23
O‘zbekiston va JBIC: 10 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokiodagi rasmiy tashrifi davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi bilan uchrashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu uchrashuvda bank bilan strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida JBIC bilan hamkorlikning ijobiy natijalari qayd etildi.

Xususan, bankning O‘zbekiston bilan loyihalar portfeli 5 milliard dollardan oshib, neft-kimyo, energetika, telekommunikatsiyalar, infratuzilma, yengil sanoat va boshqa sohalarni qamrab olgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, energetika, transport, axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish kabi ustuvor yo‘nalishlarda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Muzokaralarda ijtimoiy sohalarda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalarni kengaytirish masalalari ham muhim ahamiyat kasb etdi.

JBIC boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi O‘zbekiston bilan hamkorlik natijalarini yuqori baholab, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Manba: zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Soliq xodimlari uchun ustamalar va rag'batlantirish to'lovlari oshiriladi
Soliq xodimlari uchun ustamalar va rag'batlantirish to'lovlari oshiriladi
O‘zbekistonda soliq organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimida yangi bosqich boshlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yil 1-iyundan boshlab soha xodimlari uchun qo‘shimcha
Oʻzbekiston Bugun, 02:30
Dam olish kunlari O'zbekistonda kuchli yomg'ir va sel kutilmoqda
Dam olish kunlari O'zbekistonda kuchli yomg'ir va sel kutilmoqda
O'zbekistonda dam olish kunlari ob-havo sharoiti beqaror bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'zgidromet xizmati agentligi bergan ma'lumotlarga ko'ra,
Oʻzbekiston Bugun, 02:26
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu
Oʻzbekiston Bugun, 01:58
Adliya vazirligi O'zbekistondagi eng namunali davlat organi deb topildi
Adliya vazirligi O'zbekistondagi eng namunali davlat organi deb topildi
Yangi O‘zbekiston poydevorini barpo etish va davlat boshqaruvi tizimini zamon talablariga moslashtirish yo‘lidagi islohotlar o‘z mevasini berishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Bugun, 01:35
Buxoro viloyatining Jondor tumanida to‘rt balli zilzila yuz berdi
Buxoro viloyatining Jondor tumanida to‘rt balli zilzila yuz berdi
Bugun, 22-may kuni Buxoro viloyati hududida navbatdagi yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmobognotika monitoringi respublika
Oʻzbekiston Bugun, 00:53
O'zbekistonda suyunchi pulini tayinlash tartibiga muhim o'zgartirishlar kiritildi
O'zbekistonda suyunchi pulini tayinlash tartibiga muhim o'zgartirishlar kiritildi
O‘zbekistonda bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, ya’ni xalq tilida “suyunchi puli” deb ataladigan to‘lovni tayinlash tartibiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Oʻzbekiston Bugun, 00:44