Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Soxta haydovchilik guvohnomalari tayyorlagan guruh fosh etildi

O‘zbekiston
26
Soxta haydovchilik guvohnomalari tayyorlagan guruh fosh etildi
Bir yil davomida soxta haydovchilik guvohnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, guruh faoliyatida Davlat xizmatlari markazining bir nafar xodimi ham ishtirok etgan. Ushbu shaxslar jami 72 nafar fuqaro uchun qalbaki hujjatlar tayyorlab berib, buning evaziga 616 million so‘m miqdorida noqonuniy daromad olgan.

Jinoiy guruh guvohnomalarni ikki xil usulda tayyorlagan. Birinchi usulda, 500–1000 AQSh dollari evaziga eski turdagi haydovchilik guvohnomalari qo‘lbola usulda tayyorlanib, pora evaziga yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirilgan.

Ikkinchi usulda esa, 10 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘ evaziga Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari nomidan soxta ma’lumotnomalar va QR-kodlar tayyorlangan. Tayyorlangan qalbaki hujjatlar tuman Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etilib, ayrim mansabdor shaxslar yordamida qonunga zid ravishda rasmiylashtirilgan.

Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruvlar natijasida yana 1 200 dan ortiq qalbaki haydovchilik guvohnomalari aniqlangan. Hozirda noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan barcha guvohnomalar belgilangan tartibda bekor qilindi.

Qonunbuzarlikda ishtirok etgan shaxslar, shuningdek, qalbaki hujjatlarni bilib turib sotib olgan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ma’lumot manbasi: One.uz.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 4 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 4 oktabr
4 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY705 Xabarovsk
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 3 oktabr
3 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:11
Bugungi reyslar jadvali — 2 oktabr
2 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25 763
O‘zbekiston00:10, 02-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 1 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 oktabr
1 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY8301 Tel-Aviv
O‘zbekiston00:10, 01-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 sentabr
30 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 30-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 sentabr
29 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 29-09-2026