ENRU

Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizim joriy etiladi

O‘zbekiston
43
Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizim joriy etiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni parlament va xalq oldidagi murojaatida korrupsiyaga qarshi kurashda yangi bosqich boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Davlat rahbari korrupsiyani mamlakat rivoji oldidagi eng katta to‘siq sifatida baholab, unga qarshi murosasiz kurash olib borilishini ta’kidladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, korrupsiya qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini buzadi, jamiyatdagi ishonchni yemiradi va islohotlarga jiddiy zarar yetkazadi.

Shu sababli, 2026-yil mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashda "favqulodda yil" deb e’lon qilindi. Agar bu illat bartaraf etilmasa, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishish qiyin bo‘lishi, xalqaro hamjamiyatning ishonchi susayishi mumkinligi qayd etildi.

Yangi tizim doirasida barcha davlat idoralarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul lavozimlar joriy etiladi. Hisob palatasi faoliyati yanada tizimli yo‘lga qo‘yilib, barcha idoralar qat’iy tekshiriladi.

Davlat rahbari hech kimga yoqmasa ham, haqiqat ochiq aytilishini alohida urg‘uladi. Endi har bir rahbar byudjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishi va nopok amaldorlarni aniqlash uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

Barcha nazorat ishlari bo‘yicha Prezidentga bevosita hisobot beriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mablag‘larining har bir tiyini uchun shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, "lavozimim bor, menga hech kim tegmaydi" degan qarashlarga O‘zbekistonda endi o‘rin yo‘q. Qonun oldida barcha teng bo‘lishi shart.

Ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank sektori, yirik davlat kompaniyalari va hokimliklar kabi barcha tashkilotlar nazorat ostida bo‘ladi. Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilgan shaxslar korrupsiyaga sherik sifatida baholanadi va javobgarlikka tortiladi.

Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmatiga yangi tizimni 2026-yilning 1-yanvaridan to‘liq ishga tushirish vazifasi yuklatildi. Endi korrupsiya yoki suiiste’molchilik holatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri Prezidentga yetkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xizmatga 2025-yil iyul oyidan buyon Erkin Yo‘ldoshev rahbarlik qilmoqda. Bu tizim davlat boshqaruvida ochiqlik va javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashda keskin burilish nuqtasi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 22 avgust
22 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 21 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 21 avgust
21 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 20 avgust
20 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 ISTANBUL (Istanbul International
O‘zbekiston00:10, 20-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 19 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 19 avgust
19 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 PHUKET 01:05 32Q HY281 ISTANBUL
O‘zbekiston00:10, 19-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 18 avgust
18 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi 281 ISTANBUL (Istanbul International
O‘zbekiston00:10, 18-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 16 avgust
16 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi 281 ISTANBUL (Istanbul International
O‘zbekiston00:10, 16-08-2026