ENRU

O‘zbekistonda 40 yoshdan oshganlar salomatligi nazoratda

O‘zbekiston
27
O‘zbekistonda 40 yoshdan oshganlar salomatligi nazoratda
O‘zbekiston 2030 strategiyasi loyihasida aholi salomatligini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hujjatda profilaktika asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan bo‘lib, ayniqsa 40 yoshdan oshgan aholining sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan aniq maqsad va vazifalar ko‘rsatilgan. Strategiyaga ko‘ra, qandli diabet va arterial gipertoniyani erta aniqlash ishlari sezilarli ravishda kuchaytiriladi.

Masalan, 40 yoshdan oshgan fuqarolar orasida qandli diabetni o‘z vaqtida aniqlash ko‘rsatkichi 70 foizga yetkazilishi, qon bosimi yuqoriligini erta aniqlash darajasi ham 70 foizga ko‘tarilishi rejalashtirilgan. Bu choralar kasalliklarning og‘ir asoratlarini kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish va erta o‘lim xavfini pasaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, qon xizmati tizimini rivojlantirish strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Tayyorlanadigan qon hajmini 450 ming litrga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu esa shoshilinch tibbiy yordam, jarrohlik amaliyotlari va boshqa kasalliklarni davolashda qon komponentlariga bo‘lgan ehtiyojni barqaror qondirish imkonini beradi. Sog‘lom keksalikni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham strategiyada muhim o‘rin tutadi.

Jumladan, 55 yosh va undan katta aholining 90 foizini har yili muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, 40 yoshdan oshgan aholining jismoniy faollik darajasini 50 foizga oshirish maqsad qilingan.

Bunday ko‘rsatkichlar har besh yilda maxsus tadqiqotlar orqali baholanadi. Mazkur chora-tadbirlar aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarni erta aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish va umumiy salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 13 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 13 oktabr
13 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 12 oktabr
12 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY3217 airport.NGO
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 11 oktabr
11 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 11-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 10 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 10 oktabr
10 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 10-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 9 oktabr
9 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25 763
O‘zbekiston00:10, 09-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 8 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 oktabr
8 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 08-10-2026