Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

O‘zbek olimlari biologik xavfsiz grafen yaratdi

O‘zbekiston
16
O‘zbek olimlari biologik xavfsiz grafen yaratdi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan biologik asosda ko‘p qatlamli grafen ishlab chiqarildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu material yordamida suvni tozalash uchun mo‘ljallangan Water-Tol nomli filtr-press qurilmasining laboratoriya namunasi ham yaratildi. So‘nggi yillarda uglerod asosidagi materiallar, jumladan, grafen, uglerod nanotrubkalari va grafen oksidi keng o‘rganilmoqda.

Ushbu materiallar mustahkamligi va o‘ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan ajralib tursa-da, ayrim hollarda ishlab chiqarishda zaharli moddalar qo‘llanilishi sababli ularni tibbiyotda qo‘llash cheklangan. Fanlar akademiyasi olimlari ishlab chiqargan ko‘p qatlamli grafen esa biologik xavfsizligi bilan alohida e’tiborga sazovor.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mazkur nanokarbon materiali inson organizmi to‘qimalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, aksincha, yara bitishini tezlashtiradi va bakteriya, virus hamda zamburug‘larga qarshi faol ta’sirga ega. Shuningdek, u hujayra va to‘qimalarning tiklanishini rag‘batlantirishi aniqlangan.

Mutaxassislar ushbu grafenni yangi avlod biomos materiali sifatida baholamoqda. U tibbiyotda yaralarni davolash, antibakterial qoplamalar tayyorlash, farmatsevtikada dori tashuvchi sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Sanoatda esa mustahkam va chidamli materiallar ishlab chiqarishda foydalanish uchun istiqbolli hisoblanadi. Bundan tashqari, mazkur grafen suv va havoni tozalash, zararli moddalar va radionuklidlarni yutib olishda yuqori samaradorlikka ega.

Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu material tarkibida kislorodli guruhlarni saqlamagani bois, tibbiyot va ekologiya sohalarida xavfsiz va innovatsion yechim sifatida qo‘llanilishi mumkin. Manba: one.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026