Bugun
«Lugano» Yevropa Konferensiyalar ligasida «Xetafe»ni 5:2 hisobida yutdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Yanvarda iliq kunlar o‘rnini sovuq egallaydi

O‘zbekiston
39
Yanvarda iliq kunlar o‘rnini sovuq egallaydi
Yanvar oyining o‘rtalarida respublika hududlarida ob-havo sezilarli darajada o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, 13–14-yanvar kunlari Turkmaniston hududidan kirib keladigan issiq havo oqimi ta’sirida ayrim hududlarda havo iliq bo‘ladi. Ayniqsa, janubiy viloyatlarda harorat +20 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Bu davrda bahoriy kayfiyat hukm surishi ehtimoli bor. Biroq haftaning o‘rtalaridan boshlab ob-havo keskin o‘zgaradi.

15–16-yanvar kunlari Turkmaniston tomondan kirib keladigan siklon natijasida Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir shaklida bo‘lib, ayrim hududlarda suv to‘planishi, hatto mahalliy suv toshqinlari sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Shu sababli, mutaxassislar aholiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni tavsiya etmoqda. Yanvarning uchinchi o‘n kunligidan boshlab esa sovuq havo hukm suradi.

21-yanvar kuni ko‘plab hududlarda harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 22-yanvardan boshlab kunduzgi harorat ham nol darajadan past bo‘lishi mumkin.

Sinoptik ma’lumotlarga ko‘ra, oyning eng sovuq kunlari 25–26-yanvarga to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrida tungi harorat -10 darajagacha tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida esa g‘ayritabiiy sovuqlar kuzatilishi kutilmoqda. Mutaxassislar ob-havodagi keskin o‘zgarishlarga tayyor turishni va safar yoki kundalik rejalarni tuzishda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilmoqda.

Manba: Zamin.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
23 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
22 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
21 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 20 oktabr
20 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 20-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 19 oktabr
19 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:10, 19-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 18 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 18 oktabr
18 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 18-10-2026