EN RU

Chiqindilar boshqaruvi: 2025-yil natijalari e’lon qilindi

Oʻzbekiston
6
Chiqindilar boshqaruvi: 2025-yil natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha brifing o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda chiqindilarni boshqarish, sanitariya xizmatlarini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha asosiy natijalar e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda mamlakat bo‘ylab 15,1 million tonna maishiy chiqindi yig‘ilgan.

Respublikadagi 9 452 ta mahalladan 8 105 tasida, ya’ni 23,9 million aholi sanitariya tozalash xizmatlari bilan qamrab olingan. Aholi tomonidan ushbu xizmatlar uchun 1 trillion 304 milliard so‘m to‘lov qilingan, debitor qarzdorlik esa 622,7 milliard so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan 211,9 milliard so‘mlik noreal qarzdorlik elektron tizimdan chiqarib tashlangan. Soha shaffofligini ta’minlash maqsadida “Toza Makon” yagona elektron billing tizimi joriy etilgan.

Infratuzilmani rivojlantirish doirasida 6 hududda ekosanoat zonalari va 11 hududda 14 ta qayta yuklash punktlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida chiqindilarni termik usulda qayta ishlab, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilmoqda.

Toshkent shahri, Samarqand va Buxoroda tibbiyot chiqindilarini yoqib, issiqlik olish loyihalari amalga oshirilmoqda. Sanitar tozalash korxonalariga 79 ta chiqindi tashish texnikasi va 220 ta konteyner yetkazib berilgan.

3 230 ta maxsus texnikaga GPS o‘rnatilib, transport harakati va xizmat sifati ustidan nazorat yo‘lga qo‘yilgan. Ekologik talablarga javob bermagan, umumiy maydoni 100 gektarga yaqin bo‘lgan 23 ta chiqindi poligonining faoliyati to‘xtatilgan.

Shu bilan birga, 21 mingdan oshiq murojaatlar ko‘rib chiqilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Manba: one.uz.

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston 02:57, 31-05-2026
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston 02:33, 31-05-2026
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston 01:40, 31-05-2026
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston 01:36, 31-05-2026
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston 00:59, 31-05-2026
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston 00:31, 31-05-2026