Bugun
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
+31°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С

Temiryo‘l chiptalari narxi 2026-yildan oshadi

Oʻzbekiston
6
Temiryo‘l chiptalari narxi 2026-yildan oshadi
O‘zbekistonda temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlari oshiriladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab ayrim poyezdlar, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektro-poyezdlari uchun chipta narxlari 15 foizga qimmatlashadi. Mazkur qaror texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining ortishi, ehtiyot qismlar narxining ko‘tarilishi, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi bilan bog‘liq.

Shuningdek, poyezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlash, xizmat sifatini xalqaro talablar darajasida saqlab qolish va infratuzilmani muntazam ravishda yangilab borish zarurati ham ushbu o‘zgarishga sabab bo‘lgan. Yangilangan tariflarga muvofiq, «Afrosiyob» poyezdlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chipta narxlari belgilangan: Toshkent — Buxoro yo‘nalishida VIP sinf uchun 1 138 000 so‘m, biznes sinf uchun 760 000 so‘m, ekonom sinf uchun esa 509 000 so‘m.

Toshkent — Qarshi yo‘nalishida VIP sinf narxi 976 000 so‘m, biznes sinf 642 000 so‘m, ekonom sinf esa 429 000 so‘mni tashkil etadi. Toshkent — Samarqand yo‘nalishida esa VIP sinf uchun 709 000 so‘m, biznes sinf uchun 455 000 so‘m va ekonom sinf uchun 311 000 so‘m belgilangan.

Bundan tashqari, «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdlari uchun ham chipta narxlari 15 foizga oshirilgan. Ushbu ma’lumotlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy xabariga asoslangan.

O‘xshash yangiliklar

Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand 2026 yildan O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
Tailand hukumati mamlakatga kirish tartibida jiddiy o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, vizasiz rejim va chegarada viza olish tizimida yangi qoidalar kuchga
Oʻzbekiston 02:57, 31-05-2026
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Qurbon hayiti kunlarida sog‘liqni saqlash tizimi qanday ishlaydi
Yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket besh kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqarishadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Albatta, bunday uzoq dam
Oʻzbekiston 02:33, 31-05-2026
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
Ichimlik suvida gilam yuvgan fuqarolar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi bilan hovli va ko‘cha hududlarida gilam yuvish an’anasi avjiga chiqadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq joriy yilda ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda
Oʻzbekiston 01:40, 31-05-2026
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O'zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida mehnat munosabatlari soddalashtiriladi
O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan boshlab umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishning
Oʻzbekiston 01:36, 31-05-2026
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O'zbekistonda beshta yangi yirik sel va suv ombori quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanishga doir yangi qaror mamlakatimiz suv xo‘jaligi tizimida muhim burilish
Oʻzbekiston 00:59, 31-05-2026
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollar miqdoriga yetdi
O'zbekistonning davlat qarzi miqdori 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra 47 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan
Oʻzbekiston 00:31, 31-05-2026