Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+18°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

Dam olish kunlari ko‘pchilik hududlarda qor yog‘adi

O‘zbekiston
64
Dam olish kunlari ko‘pchilik hududlarda qor yog‘adi
O‘zgidromet 16–18 yanvar kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, dam olish kunlari respublika hududlarining ko‘pchiligida yog‘ingarchilik, asosan qor shaklida kuzatiladi. Bugun, 16 yanvar kuni kunduzi va shanbaga o‘tar kechasi mamlakatning katta qismida yomg‘ir yog‘ib, keyinchalik qorga aylanishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kechqurun boshlanishi ehtimoli bor. 17 yanvar, shanba kuni ob-havo nisbatan barqaror bo‘ladi.

Ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin, ammo u kuchli bo‘lmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

18 yanvar, yakshanba kuni mamlakatning aksar hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi 5–8 daraja iliq bo‘lsa, dam olish kunlari 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechalari esa harorat 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha tushishi mumkin.

Ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda. Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, bugun ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.

Tog‘li hududlarda vaqt-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda esa kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Toshkent shahrida bugun yomg‘ir yog‘ib, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Harorat 6–8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Yakshanba kuni ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin, biroq kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Manba: O‘zgidromet.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 25 oktabr
25 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 24 oktabr
24 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 23 oktabr
23 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 23-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 22 oktabr
22 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 22-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 21 oktabr
21 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 21-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 20 oktabr
20 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 20-10-2026