Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Janubiy Koreyada noqonuniy migrantlar soni oshmoqda

O‘zbekiston
30
Janubiy Koreyada noqonuniy migrantlar soni oshmoqda
Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlari orasida noqonuniy maqomga o‘tayotganlar soni ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hozirda bu ko‘rsatkich taxminan 9 foizni tashkil etmoqda. Agar bu raqam 10 foizdan oshsa, Koreya Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘liq to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Bu haqda O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov Toshkentda o‘tkazilgan elchilar va tadbirkorlar uchrashuvida ma’lum qildi. Elchining so‘zlariga ko‘ra, Koreyaga qonuniy yo‘l bilan kirib, keyinchalik ish joyini tark etib, noqonuniy mehnat faoliyatiga o‘tayotgan fuqarolar soni oshmoqda.

Hozirda Janubiy Koreyada taxminan 100 ming o‘zbekistonlik yashaydi va ularning deyarli 9 foizi noqonuniy ishlayotganlar sifatida qayd etilgan. Ushbu holat O‘zbekistonning xalqaro obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Muammo faqat mehnat migratsiyasi bilan cheklanmayapti. Koreyaga o‘qish maqsadida kelgan ayrim yoshlar ham viza qoidalarini buzmoqda.

Til kurslari yoki oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalar o‘qishni tashlab, ishlashga o‘tmoqda. Bu esa tartibli migratsiyaga zarar yetkazib, koreys ish beruvchilari orasida o‘zbekistonliklarga nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.

Alisher Abdusalomovning ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya har yili O‘zbekistonga E-8 turdagi mavsumiy ish vizasi uchun 5 mingta kvota ajratadi. Biroq undan atigi 600 ga yaqin fuqaro foydalanmoqda.

Hozirda O‘zbekistondan Koreyaga ishchilar faqat Migratsiya agentligi orqali yuborilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar orasida viza qoidalarini buzish holatlari o‘zbekistonliklar orasida ham yuqori.

Xususan, 2024 yilda D-2 talabalik vizasi bilan kelgan va qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan talabalar orasida 13 foiz ulush o‘zbekistonliklarga to‘g‘ri kelgan.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
17 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
16 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
15 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekiston00:10, 15-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
14 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9683 Krasnoyarsk
O‘zbekiston00:10, 14-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
13 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40
O‘zbekiston00:10, 13-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
12 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 12-11-2026