Yo‘l harakati xavfsizligi va transport tizimi raqamlashtiriladi

Oʻzbekiston
0
Yo‘l harakati xavfsizligi va transport tizimi raqamlashtiriladi
O‘zbekiston hukumatining yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan yangi qarori qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, Jamoat xavfsizligi departamenti huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimidagi Ma’muriy amaliyot moduli tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi. Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab ayrim toifadagi transport vositalari uchun alohida seriyali davlat raqam belgilari joriy etiladi.

Xususan, umumiy og‘irligi yuk bilan birga 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari, kon, shaxta va karerlarda foydalaniladigan maxsus texnikalar, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar hamda antikvar avtomobillar alohida seriyada ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuningdek, 50 yildan ortiq avval ishlab chiqarilgan transport vositalaridan foydalanish va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.

Ushbu toifadagi transport vositalari davlat ro‘yxatidan chiqarilishi belgilangan. Yana bir yangilik shuki, avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.

Bu orqali hujjatbozlik kamayadi va ma’lumotlar almashinuvi soddalashtiriladi. Shuningdek, transportni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda zarur bo‘lgan ayrim hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.

Masalan, avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi, elektron auksion bayonnomalari va boshqa ma’lumotlar shu tizim orqali taqdim etiladi. Avvalroq, shahar transportini nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali yo‘lovchilar uchun moslashtirish talabi belgilangan edi.

Bundan tashqari, 15 yildan ortiq ishlatilgan avtomobillarda taksichilik qilishni cheklash masalasi ham muhokama qilinmoqda. Yo‘nalishsiz taksilar texnik holati va jihozlari yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mos bo‘lishi shartligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

Prezident Toshkentdagi yangi gastronomik turistik maskan bilan tanishdi
Prezident Toshkentdagi yangi gastronomik turistik maskan bilan tanishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tashkil etilgan yangi gastronomik turistik maskan faoliyati bilan
Oʻzbekiston Bugun, 14:51
Guvohnomasi bo'lmagan yuzdan ortiq haydovchi yo'llarda aniqlandi
Guvohnomasi bo'lmagan yuzdan ortiq haydovchi yo'llarda aniqlandi
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan zamonaviy kuzatuv tizimlari va nazorat kameralari yordamida navbatdagi jiddiy qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Bugun, 14:39
Toshkentda uy-joy ijara narxlari sezilarli darajada oshdi
Toshkentda uy-joy ijara narxlari sezilarli darajada oshdi
Toshkent shahrida uy-joy ijarasi bozoridagi narxlar ko‘tarilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Joriy yilning mart oyi yakunlariga ko‘ra, poytaxtda turar joy ijarasining o‘rtacha
Oʻzbekiston Bugun, 13:52
Toshkentda 2,5 gektardan ortiq maydonga ega majmua auksionga qo'yildi
Toshkentda 2,5 gektardan ortiq maydonga ega majmua auksionga qo'yildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan yirik binolar majmuasini ochiq savdoga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mazkur ko‘chmas mulk obyekti
Oʻzbekiston Bugun, 13:28
Dam olish kunlari O'zbekistonda iliq va yog'ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda
Dam olish kunlari O'zbekistonda iliq va yog'ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda
O'zbekiston hududida kelayotgan dam olish kunlarida ob-havo sharoiti asosan barqaror bo'lishi va jiddiy yog'ingarchiliklar kuzatilmasligi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Bugun, 12:42
Yevropa Ittifoqi O'zbekistonning ikkita yirik korxonasiga sanksiya joriy etdi
Yevropa Ittifoqi O'zbekistonning ikkita yirik korxonasiga sanksiya joriy etdi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ikkita yirik korxonaga nisbatan cheklov choralarini joriy etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mazkur sanksiyalar ro‘yxatiga paxta sellyulozasi
Oʻzbekiston Bugun, 12:16