Bugun
Argentina terma jamoasining yangi sardori Kristian Romero bo‘ladi
+21°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

2025 yilda tibbiy xizmatlar narxi sezilarli oshdi

O‘zbekiston
22
2025 yilda tibbiy xizmatlar narxi sezilarli oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatda tibbiy xizmatlar narxlarida sezilarli o‘sish kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayrim yo‘nalishlarda qimmatlashuv 10 foizlik "psixologik chegaradan" oshib ketdi va bu holat aholining kundalik xarajatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiyotning deyarli barcha asosiy xizmat turlarida narxlar oshgan.

Masalan, stomatologiya xizmatlari o‘rtacha 5,1 foizga, tibbiy laboratoriya xizmatlari 10,3 foizga, ambulatoriyada davolanish xizmatlari 9,4 foizga, diagnostika xizmatlari (UZI, MRT, KT kabi) 9,1 foizga, statsionar davolash va reabilitatsiya xizmatlari esa 7,5 foizga ko‘tarilgan. Eng katta o‘sish laboratoriya xizmatlarida kuzatilgan.

Bu esa turli tahlillar, testlar va tekshiruvlar narxi yil davomida eng ko‘p oshganini anglatadi. Shuningdek, ambulator davolanish va diagnostika xizmatlaridagi narxlarning sezilarli darajada o‘sishi aholining asosiy murojaat qiladigan xizmatlari qimmatlashganini ko‘rsatadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tibbiy xizmatlar narxining oshishiga bir necha omillar sabab bo‘lgan. Jumladan, inflyatsiya jarayonlari, xizmat ko‘rsatishdagi xarajatlarning oshishi, sarf materiallari narxining ko‘tarilishi, zamonaviy uskunalardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari narxlarga bosim o‘tkazgan.

Umuman olganda, 2025 yil tibbiy xizmatlar narxlarining barqaror emasligini ko‘rsatdi. Endi esa aholida 2026 yilda bu o‘sish davom etadimi yoki vaziyat barqarorlashadimi, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 29 sentabr
29 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 28 sentabr
28 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 27 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 27 sentabr
27 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekiston00:10, 27-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 sentabr
26 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 26-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 25 sentabr
25 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 25-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 24 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 24 sentabr
24 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 24-09-2026