Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

O‘zbekistonda pensiya tizimi islohoti rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston
17
O‘zbekistonda pensiya tizimi islohoti rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda davlat pensiya tizimini takomillashtirish maqsadida yangi kompleks dastur ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu dastur xorijiy tajribalarga asoslanib, pensiya tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yil davlat dasturida pensiya tizimini isloh qilish rejalashtirilgan.

Dasturda amaldagi pensiya tizimini qayta ko‘rib chiqish, pensiya jamg‘armalarini kapitallashtirish va uzoq muddatli investitsiyalarga yo‘naltirish mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida xalqaro konsultantlar ishtirokida loyiha ofisi tashkil etiladi.

2026 yil iyuliga qadar pensiyalardan chegirma qilinganidan so‘ng pensionerga to‘lanadigan miqdor rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lmasligini ta’minlash uchun qonun loyihasi tayyorlanadi. Bu qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshmasligi va chegirma qo‘llangandan so‘ng to‘lanadigan pensiya miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lmasligi belgilanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ayrim davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlarga murojaatisiz ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Masalan, pensiya yoshiga yetgan shaxslarga jamg‘arib boriladigan pensiya mablag‘lari murojaatisiz beriladi. Davlat OTMga qabul qilingan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari va nogironligi bo‘lgan talabalarga talabalar turar joyiga yo‘llanma proaktiv tarzda beriladi.

Bundan tashqari, pensiyaga chiqish yoshini oshirish ham ko‘zda tutilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar uchun pensiya yoshini 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshgacha oshirish taklif qilinmoqda.

Bu jarayon bosqichma-bosqich, har yili yarim yildan qo‘shib boriladi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026