Bugun
«Manchester Siti» safarda «Portu»ni mag‘lub etib g‘alaba qozondi
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

O‘zbekistonda 21 yoshdan keyin nikoh rag‘batlantiriladi

O‘zbekiston
54
O‘zbekistonda 21 yoshdan keyin nikoh rag‘batlantiriladi
O‘zbekistonda 21 yoshga yetgan shaxslar o‘rtasida oila qurishni rag‘batlantirish maqsadida qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 3 mart kuni ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha yangi takliflar qatorida e’lon qilindi. Oila institutini mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida erta nikoh, erta tug‘uruq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish doimiy e’tiborda.

Shu maqsadda idoralararo kengash tashkil etilib, amaliy takliflarni ishlab chiqish topshirildi. O‘zbekistonda nikohlarning 40 foizi 18–19 yoshdagilar o‘rtasida tuziladi.

Biroq xalqaro tashkilotlar tavsiyasiga ko‘ra, eng maqbul nikoh yoshi 21 yosh bo‘lib, bu yoshdagi shaxslar odatda moliyaviy mustaqillikka erishib, oila qurishga tayyor bo‘lishadi. Shu asosda bir qator tashabbuslar ilgari surildi.

Jumladan, nikohni 21 yoshga yetganlar o‘rtasida tuzilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali rag‘batlantirish, davlat bojidan imtiyozlar berish orqali nikoh shartnomasini rag‘batlantirish, erta nikohlarni aniqlash samaradorligini oshirish uchun jarimaning 15 foizini holat haqida xabar berganlarga berish kabi choralardan iborat. Shuningdek, erta nikoh va 16 yoshgacha homiladorlik holatlari haqida xabar berish bo‘yicha idoralararo zanjir yo‘lga qo‘yiladi va xabar bermaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda.

Homilador yoki 3 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan band talaba qizlarga ta’limni davom ettirish imkonini berish orqali o‘qishdan tushib qolishining oldi olinadi. Davlat rahbari tashabbuslarni ma’qullab, farmonga imzo chekdi va yangiliklarni jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 10 sentabr
10 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 9 sentabr
9 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 sentabr
8 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 08-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 7 sentabr
7 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekiston00:11, 07-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 6 sentabr
6 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY235 Myunxen 05:20
O‘zbekiston00:10, 06-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 sentabr
5 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 05-09-2026