Bugun
Eron AQSH bilan muloqot boshlash uchun yetti shart qo'ydi
+33°
переменная облачность ветер 4 м/с, З
ENRU

Finlyandiya dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi

O‘zbekiston
22
Finlyandiya dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi
Finlyandiya ketma-ket to‘qqizinchi marta dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Markaziy Osiyoda esa bunday maqomga Qozog‘iston erishdi. Bu haqda davlatlarning baxt darajasini o‘lchovchi "World Happiness Report 2026" reytingida ma’lum qilindi.

Hisobot har yili 20 mart — Xalqaro baxt kuni munosabati bilan e’lon qilinadi. Reytingni tayyorlashda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, erkinlik darajasi hamda korrupsiya darajasi kabi omillar hisobga olinadi.

Reytingda Finlyandiyadan keyingi o‘rinlarni Islandiya, Daniya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Norvegiya, Niderlandiya, Isroil, Luksemburg va Shveysariya egallagan. Mutaxassislar Skandinaviya davlatlarining yuqori ijtimoiy ishonch, tengsizlikning pastligi, rivojlangan ijtimoiy tizim, sifatli sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimiga ega ekanligi bilan ajralib turishini ta’kidlaydi.

Shuningdek, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat hamda fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchi muhim omil hisoblanadi. Markaziy Osiyo davlatlari quyidagi o‘rinlarni egalladi.

Qozog‘iston 33-o‘rinda joylashib, o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘ona yuqoriladi. O‘zbekiston 53-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Qirg‘iziston 66-o‘ringa ko‘tarildi va 9 pog‘ona yaxshilandi.

Tojikiston 88-o‘ringa ko‘tarilib, 2 pog‘ona yuqoriladi. Turkmaniston esa reytingga kiritilmagan.

Qo‘shma Shtatlar o‘ntalikka kira olmadi va o‘tgan yilgi 24-o‘rindan 23-o‘ringa ko‘tarildi. Rossiya esa 13 pog‘ona pastlab, 79-o‘rinni egalladi.

Ukraina o‘tgan yilgi kabi 111-o‘rinda qoldi. Afg‘oniston 147-o‘rin bilan eng baxtsiz davlat sifatida qayd etildi.

Shuningdek, Sierra-Leone, Malavi, Zimbabve va Livan ham reytingning past pog‘onalarida joylashgan. Tadqiqot doirasida 2026 yilda dunyoning 29 mamlakatida 23 mingdan ortiq respondent ishtirokida so‘rov o‘tkazildi.

Ishtirokchilar 16 dan 74 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan iborat edi. So‘rov natijalariga ko‘ra, qatnashganlarning 74 foizi o‘zini baxtli deb hisoblagan.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 21 sentabr
21 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 20 sentabr
20 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY235 Myunxen
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 19 sentabr
19 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 19-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 18 sentabr
18 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 18-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 17 sentabr
17 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 17-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 16 sentabr
16 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 16-09-2026