ENRU

O‘zbekistonda jazirama va issiq havo kutilmoqda

O‘zbekiston
68
O‘zbekistonda jazirama va issiq havo kutilmoqda
O‘zbekistonda 17-19 iyul kunlari janubdan issiq havo oqimlari kirishi kutilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu davrda havo harorati ayrim hududlarda 40-45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday jazirama sharoitida aholini sog‘lig‘iga alohida e’tibor berishga chaqirmoqda.

Jaziramada ayniqsa bolalar, keksalar, homilador ayollar hamda surunkali kasalliklardan aziyat chekayotganlar ehtiyotkor bo‘lishlari zarur. Issiq havo organizmning termoregulyatsiya tizimiga katta yuklama beradi, bu esa yurak-qon tomir kasalliklari, umumiy holsizlik va oftob urishi xavfini oshiradi.

Kun davomida soat 12:00 dan 16:00 gacha quyosh nurlari eng kuchli bo‘ladi, shuning uchun bu paytda yopiq va salqin joylarda bo‘lish tavsiya etiladi. Zarurat bo‘lsa, ko‘chaga soyabon va keng bosh kiyim bilan chiqish, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish lozim.

Kiyim tanlashda yengil, keng va tabiiy matolardan tikilgan, och rangli liboslarni afzal ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Uyda esa derazalarni kunduzi yopiq holda saqlash, kechasi esa shamollatish, issiq chiqaruvchi maishiy texnikalardan foydalanishni cheklash tavsiya etiladi.

Kun davomida tana haroratini pasaytirish uchun salqin dush qabul qilish mumkin, ammo juda sovuq suvdan foydalanmaslik zarur. Jismoniy faollikni issiq havoda kamaytirish, sport mashg‘ulotlarini konditsionerli binolarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Mashg‘ulot vaqtida tana holatini kuzatib, bosh aylanishi yoki holsizlik paydo bo‘lsa, darhol to‘xtash kerak. Surunkali kasalliklari bor odamlar issiq kunlarda shifokor bilan maslahatlashmasdan jismoniy faollikni oshirmasliklari zarur.

Bunday ehtiyot choralariga rioya qilish jazirama sharoitida sog‘likni saqlash va salomatlik muammolarining oldini olishga yordam beradi. Har bir fuqaro o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 31 avgust
31 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9813 Moskva 05:15
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 30 avgust
30 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY9665
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
29 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 29-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 28 avgust
28 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY461 Lahore 01:10
O‘zbekiston00:10, 28-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 27 avgust
27 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 27-08-2026
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 26 avgust
26 avgust uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32Q HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 26-08-2026