Bugun
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
+9°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Arteta: Bosimni boshqarish chempionlikning kaliti

Sport
41
Arteta: Bosimni boshqarish chempionlikning kaliti
Londonning "Arsenal" futbol klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi atrofidagi tanqidlar, bosim va salbiy muhit haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga shogirdlarini turli gap-so‘zlardan qanday himoya qilish mumkinligi so‘ralganda, murabbiy bu kabi holatlarni normal deb qabul qilish kerakligini ta’kidladi. Arteta fikricha, Angliya Premer-ligasida bunday shovqin va bosim futbolning ajralmas bir qismi hisoblanadi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, bunday muhitda eng muhim savol shuki: futbolchi bosim ostida ishlashni istaydimi yoki yo‘qmi? Agar bunga tayyor bo‘lmasa, katta sahnada o‘ynash unga mos emas.

Arteta jamoasiga ham, muxlislariga ham tashqi gap-so‘zlarga emas, ichki tartib va intizomga e’tibor qaratishni maslahat berdi. Unga ko‘ra, katta o‘yinlarda katta mas’uliyat va bosim bo‘lishi tabiiy.

Hozirgi paytda Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasi qizg‘in pallaga kirgan. "Arsenal" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgani bois, har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega.

Ayniqsa, bugun, 22-fevral kuni "Tottenhem"ga qarshi safar uchrashuvi oldidan jamoa yanada ko‘proq e’tibor talab etmoqda. Arteta shogirdlari uchun bunday derbilar nafaqat futbol, balki ruhiy tayyorgarlikni ham sinovdan o‘tkazadi.

Bunday o‘yinlarda murabbiy futbolchilarga bosimdan qochishni emas, aksincha, uni to‘g‘ri boshqarishni o‘rgatmoqda. Artetaning bu fikrlari shuni ko‘rsatadiki, "Arsenal" jamoasi chempionlikka erishish uchun nafaqat maydondagi raqiblar bilan kurashmoqda, balki ichki ikkilanish va tashqi bosimlarni yengishga ham intilmoqda.

Murabbiy shovqindan qochish emas, balki unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni tanlamoqda. Uningcha, maydonda ishni to‘g‘ri bajarish kifoya, qolganini natijalar o‘zlari ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

yoshli Bodxana Sivanandan Yevropa rekordini yangilab WIM unvonini qazondi
yoshli Bodxana Sivanandan Yevropa rekordini yangilab WIM unvonini qazondi
Buyuk Britaniyalik 11 yoshli shaxmatchi Bodxana Sivanandan Chernogoriyada bo‘lib o‘tgan Yevropa klublar kubogida qariyb 38 yildan beri buzilmay kelayotgan tarixiy rekordni yangilab, shaxmat
SportBugun, 08:42
«Milan» «Udineze»ni mag'lub etib 4-o'ringa qaytdi
«Milan» «Udineze»ni mag'lub etib 4-o'ringa qaytdi
«Milan» klubi Italiya A Seriyasining 8-turida «Friuli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Udineze»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalining 4-o‘riniga qaytdi.
SportBugun, 07:33
Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynashga qanoat bermadi
Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynashga qanoat bermadi
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» jamoa bilan bo‘lgan 19-tur uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, qo‘lga kiritilgan uch ochko muhim bo‘lsa-da shogirdlarining o‘yin
SportBugun, 07:27
Abramov «Dinamo» o'yinchilarining ishonchsizligi bilan mag'lubiyatga yaqinlashganini aytdi
Abramov «Dinamo» o'yinchilarining ishonchsizligi bilan mag'lubiyatga yaqinlashganini aytdi
Samarqandda bo'lib o'tgan Superliga 25-turi uchrashuvida "Dinamo" va "Andijon" jamoalari 1:1 durang o'ynadi. Mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida
SportBugun, 07:17
«Yuventus» «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
«Yuventus» «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
Italiya A Seriyasining 8-turida «Yuventus» safarda «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Turinliklar uchrashuv taqdirini birinchi yarimda hal qilib, turnir jadvalidagi
SportBugun, 07:13
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi medalini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashi 60 kilogram toifasida ishtirok etgan
SportBugun, 02:06