ENRU

FIFA vaqt cho‘zishga qarshi yangi qoidani taklif qildi

Sport
20
FIFA vaqt cho‘zishga qarshi yangi qoidani taklif qildi
FIFA futbolda vaqtni ataylab cho‘zish va o‘yin sur’atini pasaytirishga qarshi yangi tartibni joriy qilishni taklif qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, jarohat olgan futbolchilar maydonda tibbiy yordam olgach, o‘yinga qaytishdan oldin kamida bir daqiqa kutishi lozim bo‘ladi. Bu taklif Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB)ning yillik yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Agar tasdiqlansa, qoida xalqaro futbol qonunlariga kiritiladi. Tartibning asosiy maqsadi o‘yinda vaqtni sun’iy cho‘zishga qarshi chora ko‘rishdir.

FIFA avvalroq ikki daqiqalik kutish tartibini sinovdan o‘tkazgan, ammo bu jiddiy tanqidga uchragan edi. Ikki daqiqa davomida jamoa bir o‘yinchidan mahrum bo‘lishi, ayniqsa muhim lahzalarda, jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi ta’kidlangan.

Shuning uchun bir daqiqalik variant qabul qilindi. Yangi qoida barcha holatlarga tatbiq etilmaydi.

Agar futbolchining jarohati raqibning qo‘pol harakati sabab yuzaga kelgan bo‘lsa yoki jarohat olgan o‘yinchi darvozabon bo‘lsa, shuningdek, penalti tepishi kerak bo‘lgan futbolchi yordamga muhtoj bo‘lsa, bunday futbolchilar maydondan chiqmaydi. Biroq bu tartib muayyan xavotirlarni ham keltirib chiqarmoqda.

Ba’zi mutaxassislar haqiqatan jarohat olgan futbolchilar ham noto‘g‘ri jazolanishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Shunga qaramay, yangi qoida sun’iy vaqt cho‘zishga qarshi samarali choraga aylanishi kutilmoqda.

Chunki bu orqali o‘yin davomida vaqtni ataylab o‘tkazishning narxi oshadi. Agar IFAB bu taklifni tasdiqlasa, futbol qoidalarida sezilarli o‘zgarish yuz beradi.

Endilikda maydonda tibbiy yordam faqat jarohatni davolash emas, balki taktik qarorlarni ham o‘zgartiradigan omilga aylanishi mumkin. Manba: one.uz

O‘xshash yangiliklar

«Borussiya Dortmund» «Sabah»ni mag'lub etdi Rahmonaliyev 81 daqiqa o'ynadi
«Borussiya Dortmund» «Sabah»ni mag'lub etdi Rahmonaliyev 81 daqiqa o'ynadi
Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turi doirasida o‘tkazilgan birinchi ikki uchrashuv futbol muxlislarga keskin kurashlar va dramatizmlar bilan boy o‘yinlarni taqdim etdi. Bu
SportBugun, 06:58
«PSJ» Parijda «Barselona»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi
«PSJ» Parijda «Barselona»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi
UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turi o‘tgan kecha haqiqiy gol shousi, keskin kurash va kutilmagan burilishlar bilan yodda qoldi. Qit’aning grand
SportBugun, 06:55
«PSJ» «Barselona»ni mag'lub etdi «Manchester Siti» va «Liverpul» qalbga sig'dirdi
«PSJ» «Barselona»ni mag'lub etdi «Manchester Siti» va «Liverpul» qalbga sig'dirdi
UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turi muxlislarga yodgor futbol shousi taqdim etdi. Qit'a grand jamoalari ishtirok etgan uchrashuvlarda ko'p
SportBugun, 06:30
OKMK «Guliston»ni 2:0 hisobida mag'lub etib yarimfinalga chiqdi
OKMK «Guliston»ni 2:0 hisobida mag'lub etib yarimfinalga chiqdi
O'zbekiston kubogining chorakfinal bosqichida OKMK "Guliston" klubini 2:0 hisobida mag'lub etib, turniring yarimfinaliga chiqdi. Olmaliq shahridagi murasasiz o'tgan
SportBugun, 02:45
Turkiya milliy terma jamoasi Sergen Yalchin boshqaruviqa topshirildi
Turkiya milliy terma jamoasi Sergen Yalchin boshqaruviqa topshirildi
Turkiya futbol federatsiyasi milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini rasmiy e'lon qildi. 53 yoshli Sergen Yalchin bu lavozimga 4 yillik shartnoma asosida
SportBugun, 02:15
«Roma» «Slovan» bilan uyda uchrashadi
«Roma» «Slovan» bilan uyda uchrashadi
Chempionlar ligasi doirasida AS Roma va Slovan Bratislava jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 21-oktyabr kuni soat 00:00 da Toshkent vaqti bilan boshlanadi. O'yin
SportBugun, 02:05