ENRU

Abduqodir Husanov tug‘ilgan kunini 1-martda nishonladi

Sport
49
Abduqodir Husanov tug‘ilgan kunini 1-martda nishonladi
29-fevralda tug‘ilgan Abduqodir Husanov bu yil tug‘ilgan kunini 1-martda nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Garchi asl bayram sanasi o‘tib ketgan bo‘lsa-da, unga yo‘llangan tabriklar to‘xtamadi. "Shaharliklar" jamoasidagi yulduzlar, Erling Xoland va Rodri Ernandes, Abduqodirni rasmiy ravishda tabriklashdi.

Shundan so‘ng, unga bo‘lgan e’tibor san’at olamiga ham ko‘chdi. Janubiy Koreyaning taniqli modeli va blogeri, Pak Xi Jon, Abduqodirga atalgan maxsus post bilan ko‘pchilikning diqqatini tortdi.

Model Instagram sahifasida Husanovning libosida tushgan suratlarini e’lon qildi, ular orasida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shma kadr ham bor edi. Pak Xi Jon o‘z dil izhorlarida: “Tavallud ayyomingiz muborak, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husanov!

Sizni Manchesterda ko‘rishni intizorlik bilan kutaman va shaxsan uchrashib, dastxat olishdan umidvorman”, deb yozdi. Abduqodir Husanovning futboldagi faoliyati havas qilsa arzigulik.

U "Bunyodkor" akademiyasidan chiqqan va Belarusning "Energetik-BGU" klubi orqali Yevropaga yo‘l oldi. Fransiyaning "Lans" jamoasidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng, 2025 yilning 20 yanvarida "Manchester Siti" uni 40 million yevro evaziga sotib oldi.

Pak Xi Jon esa koreyscha “Oljon” uslubidagi fotosessiyalari bilan mashhur bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda 50 mingga yaqin muxlisga ega. Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi muvaffaqiyatlari o‘zbek futbolining dunyodagi nufuzini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Manba: One.uz.

O‘xshash yangiliklar

yoshli Bodxana Sivanandan Yevropa rekordini yangilab WIM unvonini qazondi
yoshli Bodxana Sivanandan Yevropa rekordini yangilab WIM unvonini qazondi
Buyuk Britaniyalik 11 yoshli shaxmatchi Bodxana Sivanandan Chernogoriyada bo‘lib o‘tgan Yevropa klublar kubogida qariyb 38 yildan beri buzilmay kelayotgan tarixiy rekordni yangilab, shaxmat
SportBugun, 08:42
«Milan» «Udineze»ni mag'lub etib 4-o'ringa qaytdi
«Milan» «Udineze»ni mag'lub etib 4-o'ringa qaytdi
«Milan» klubi Italiya A Seriyasining 8-turida «Friuli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Udineze»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalining 4-o‘riniga qaytdi.
SportBugun, 07:33
Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynashga qanoat bermadi
Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynashga qanoat bermadi
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» jamoa bilan bo‘lgan 19-tur uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, qo‘lga kiritilgan uch ochko muhim bo‘lsa-da shogirdlarining o‘yin
SportBugun, 07:27
Abramov «Dinamo» o'yinchilarining ishonchsizligi bilan mag'lubiyatga yaqinlashganini aytdi
Abramov «Dinamo» o'yinchilarining ishonchsizligi bilan mag'lubiyatga yaqinlashganini aytdi
Samarqandda bo'lib o'tgan Superliga 25-turi uchrashuvida "Dinamo" va "Andijon" jamoalari 1:1 durang o'ynadi. Mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida
SportBugun, 07:17
«Yuventus» «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
«Yuventus» «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
Italiya A Seriyasining 8-turida «Yuventus» safarda «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Turinliklar uchrashuv taqdirini birinchi yarimda hal qilib, turnir jadvalidagi
SportBugun, 07:13
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi medalini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashi 60 kilogram toifasida ishtirok etgan
SportBugun, 02:06