ENRU

"Barselona" g‘alaba qildi, lekin finalga chiqmadi

Sport
68
"Barselona" g'alaba qildi, lekin finalga chiqmadi
Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida "Barselona" o‘z maydonida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq bu g‘alaba kataloniyaliklarga final yo‘llanmasini taqdim etmadi. Sababi, birinchi uchrashuvda Diyego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" raqibni 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi va umumiy hisob "Atletiko" foydasiga hal bo‘ldi.

O‘yindan so‘ng maydonda kayfiyat og‘ir edi. "Barselona" futbolchilari tushkunlikka tushdi, muxlislar esa "nima bo‘ldi o‘zi?" degan savol bilan qoldi.

Bu vaziyatda madridliklar hujumchisi Antuan Grizmann ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga xos javob berdi. Fransiyalik futbolchi "Barselona"ning ikki futbolchisi yerda yotgan suratini joylab, ustiga "Juda qattiq tegdimi, a?" deb yozdi.

Bu post shunchaki hissiyot emas, balki "eski xotira" bilan bog‘liq edi. 2025-yil mart oyida "Barselona" La Ligada "Atletiko"ni safarda fantastik tarzda yengib, 72-daqiqagacha 0:2 hisobida yutqazib turganida oxirida 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘shanda kataloniyaliklar matbuot xizmati Grizmannning suratini xuddi shu ma’nodagi izoh bilan tarmoqqa chiqargandi. Oradan bir yil o‘tib, bu safar rollar almashdi.

"Barselona" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, ammo baribir finalga chiqa olmadi. Grizmann esa shu og‘riqli nuqtani topib, o‘z "o‘chini" post orqali oldi.

Futbolda hisobdan ham ko‘ra qattiqroq narsa bu xotiradir va Grizmann bu xotirani jonli efirdek qayta yodga soldi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi medalini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashi 60 kilogram toifasida ishtirok etgan
SportBugun, 02:06
Inter Fiorentina ustida qiyin g'alaba qozondi
Inter Fiorentina ustida qiyin g'alaba qozondi
Inter Milano maydonida Fiorentina klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va A Seriya jadvalidagi yetakchi o‘rni mustahkamlashtirdi. Bahsning asosiy vaqti yakuniga qadar
SportBugun, 02:04
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
O‘zbekiston Superligasining 25-turida Navoiyda bo‘lib o‘tgan markaziy uchrashuvda «Qizilqum» o‘z maydonida «Lokomotiv» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Turnir
SportBugun, 01:52
«Dinamo» va «Andijon» so‘nggi daqiqalarda durang o‘ynadi
«Dinamo» va «Andijon» so‘nggi daqiqalarda durang o‘ynadi
O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasida Samarqandda «Dinamo» o‘z maydonida «Andijon» klubini qabul qildi. Uchrashuv so‘nggi daqiqalarda hal bo‘lib, asabiy va
SportBugun, 01:25
«Lugano» Behruz Karimov ishtirokida «Tun»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi
«Lugano» Behruz Karimov ishtirokida «Tun»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi
Shveysariya chempionatining 11-turida safarda o‘ynagan «Lugano» klubi «Tun» jamoasiga 3:2 hisobida qiyin g‘alaba qozondi. Uchrashuv o‘zida beshta gol va so‘nggi
SportBugun, 01:25
«Oltin to‘p» g‘olibi marosim boshlanishigacha yopiq saqlanadi
«Oltin to‘p» g‘olibi marosim boshlanishigacha yopiq saqlanadi
2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti egasi atrofi bo‘lgan kutilgan va shov-shuvli xabarlar RMC Sport ma’lumotlari bilan rad etildi. Nashriyotga ko‘ra, g‘olib ismi marosim
SportBugun, 01:04