ENRU

Abduqodir Husanov "Lans"ga qaytishi mumkin

Sport
46
Abduqodir Husanov "Lans"ga qaytishi mumkin
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov so‘nggi paytlarda Yevropada o‘ynayotgan eng istiqbolli himoyachilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

22 yoshli futbolchi transfer oynasi yaqinlashgani sari turli klublarning diqqat markazida. Ayrim klublar uning iqtidoriga ishonishsa, boshqalar uni jismoniy kuchli, zamonaviy o‘yin uslubiga ega himoyachi sifatida ko‘rishmoqda.

Fransiyaning nufuzli sayti butfootballclub.fr ma’lumotiga ko‘ra, yaqinlashayotgan yozgi transfer oynasi “Lans” klubida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlar markaziy himoyachi Samson Bayduga Yevropaning yirik klublari tomonidan qiziqish bildirilayotganligi bilan bog‘liq.

Shu vaziyat Abduqodir Husanovning “Lans”ga qaytishi uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, Samson Baydu uchun kurashda “Manchester Siti” oldinga chiqmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, inglizlar futbolchini yozda sotib olib, uni yana bir mavsum “Lans”da ijarada qoldirish niyatida. Baydu 21 yoshda bo‘lib, liganing eng istiqbolli markaziy himoyachilaridan biri sifatida tanilgan.

Yakkakurashlarda qat’iyatli, paslarda aniq va o‘yinni yaxshi “o‘qiydigan” sifatlari unga bo‘lgan talabni oshirmoqda. “Liverpul”, “Borussiya Dortmund” va “Inter” kabi klublar ham Bayduni olish niyatida ekanligi ma’lum.

“Lans” o‘z himoyachisi uchun 45–55 million yevro narx belgilashi mumkin. Bu yosh va potensialga ega himoyachi uchun real summa deb baholanyapti.

“Lans”ni tark etganidan keyin Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida har doim boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmayapti. Superkuchli raqobat va har pozitsiyada yuqori saviyali o‘yinchilar mavjudligi sababli, “Siti” o‘zbek himoyachisini ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Ijarada muntazam o‘yin amaliyoti himoyachi uchun muhim. “Lans” Baydu ketishi fonida Husanovni qaytarishga urinishi mumkin.

O‘zbek legionerining maoshining bir qismini ingliz klubi qoplash ehtimoli ham bor. Bu reja “Lans” uchun ikki tomonlama foyda keltirishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

yoshli Bodxana Sivanandan Yevropa rekordini yangilab WIM unvonini qazondi
yoshli Bodxana Sivanandan Yevropa rekordini yangilab WIM unvonini qazondi
Buyuk Britaniyalik 11 yoshli shaxmatchi Bodxana Sivanandan Chernogoriyada bo‘lib o‘tgan Yevropa klublar kubogida qariyb 38 yildan beri buzilmay kelayotgan tarixiy rekordni yangilab, shaxmat
SportBugun, 08:42
«Milan» «Udineze»ni mag'lub etib 4-o'ringa qaytdi
«Milan» «Udineze»ni mag'lub etib 4-o'ringa qaytdi
«Milan» klubi Italiya A Seriyasining 8-turida «Friuli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Udineze»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalining 4-o‘riniga qaytdi.
SportBugun, 07:33
Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynashga qanoat bermadi
Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynashga qanoat bermadi
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» jamoa bilan bo‘lgan 19-tur uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, qo‘lga kiritilgan uch ochko muhim bo‘lsa-da shogirdlarining o‘yin
SportBugun, 07:27
Abramov «Dinamo» o'yinchilarining ishonchsizligi bilan mag'lubiyatga yaqinlashganini aytdi
Abramov «Dinamo» o'yinchilarining ishonchsizligi bilan mag'lubiyatga yaqinlashganini aytdi
Samarqandda bo'lib o'tgan Superliga 25-turi uchrashuvida "Dinamo" va "Andijon" jamoalari 1:1 durang o'ynadi. Mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida
SportBugun, 07:17
«Yuventus» «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
«Yuventus» «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
Italiya A Seriyasining 8-turida «Yuventus» safarda «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Turinliklar uchrashuv taqdirini birinchi yarimda hal qilib, turnir jadvalidagi
SportBugun, 07:13
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi medalini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashi 60 kilogram toifasida ishtirok etgan
SportBugun, 02:06