Bugun
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
+9°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Chelsi yulduzlari Chempionlar ligasiga yo‘llanma olmasa jamoani tark etadi

Sport
19
Chelsi yulduzlari Chempionlar ligasiga yo'llanma olmasa jamoani tark etadi
Chelsi muxlislari orasida jamoaning beqaror o‘yinlari va natijalardagi pasayish sababli katta xavotirlar ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kelgusi yozgi transfer oynasida klubning bir qator asosiy futbolchilari jamoani tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Shu bilan birga, Angliyaning yetakchi klublari ham aristokratlar tarkibidagi eng kuchli o‘yinchilarga allaqachon ko‘z tikkan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar Chelsi Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, jamoani bir necha muhim futbolchilar tark etishi ehtimoli juda yuqori. Bunday holatda Enso Fernandes, Moyzes Kaysedo va Mark Kukurelya kabi yetakchi ijrochilar klubni tark etishlari mumkin.

Shuningdek, ushbu ro‘yxatga boshqa futbolchilar ham qo‘shilishi ehtimoli bor. Jurnalist Saymon Fillipsning xabariga ko‘ra, hatto Koul Palmer ham jamoada yuz berayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va ketish imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rmoqda.

Biroq u Chelsi rahbariyati uning transfer qiymatini sun’iy ravishda oshirib yuborishi mumkinligidan xavotirda. Fillipsning ta’kidlashicha, Arsenal klubi Angliya terma jamoasi a’zosi Palmerga jiddiy qiziqish bildirgan.

Londonliklar uni Kay Xavers o‘rnini to‘ldira oladigan eng munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Arsenal yozgi transfer oynasida tarkibda sezilarli o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Martin Edegor, Kay Xavers, Itan Nvaneri va Mikel Merino kabi futbolchilarning kelajagi noaniq bo‘lib turgan bir paytda, klubga o‘yinni boshqaradigan superyulduz zarur. Aynan shu nuqtada Koul Palmer Arsenal uchun asosiy nishonga aylangan.

Jamoa uni yarimhujum chizig‘ida yetakchi figura sifatida ko‘rmoqda va uning kelishi bilan hujum uslubini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan. Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

yoshli Bodxana Sivanandan Yevropa rekordini yangilab WIM unvonini qazondi
yoshli Bodxana Sivanandan Yevropa rekordini yangilab WIM unvonini qazondi
Buyuk Britaniyalik 11 yoshli shaxmatchi Bodxana Sivanandan Chernogoriyada bo‘lib o‘tgan Yevropa klublar kubogida qariyb 38 yildan beri buzilmay kelayotgan tarixiy rekordni yangilab, shaxmat
SportBugun, 08:42
«Milan» «Udineze»ni mag'lub etib 4-o'ringa qaytdi
«Milan» «Udineze»ni mag'lub etib 4-o'ringa qaytdi
«Milan» klubi Italiya A Seriyasining 8-turida «Friuli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Udineze»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalining 4-o‘riniga qaytdi.
SportBugun, 07:33
Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynashga qanoat bermadi
Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynashga qanoat bermadi
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Qo‘qon-1912» jamoa bilan bo‘lgan 19-tur uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etib, qo‘lga kiritilgan uch ochko muhim bo‘lsa-da shogirdlarining o‘yin
SportBugun, 07:27
Abramov «Dinamo» o'yinchilarining ishonchsizligi bilan mag'lubiyatga yaqinlashganini aytdi
Abramov «Dinamo» o'yinchilarining ishonchsizligi bilan mag'lubiyatga yaqinlashganini aytdi
Samarqandda bo'lib o'tgan Superliga 25-turi uchrashuvida "Dinamo" va "Andijon" jamoalari 1:1 durang o'ynadi. Mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida
SportBugun, 07:17
«Yuventus» «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
«Yuventus» «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi
Italiya A Seriyasining 8-turida «Yuventus» safarda «Lechche»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Turinliklar uchrashuv taqdirini birinchi yarimda hal qilib, turnir jadvalidagi
SportBugun, 07:13
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida birinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi medalini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashi 60 kilogram toifasida ishtirok etgan
SportBugun, 02:06