Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Jurnalist Vinisiusni Real Madrid klubidan sotishni tavsiya qildi

Sport
30
Jurnalist Vinisiusni Real Madrid klubidan sotishni tavsiya qildi
El Chiringuito TV nashri jurnalisti Xuanfre Sans Real Madrid klubi vingeri Vinisius Juniorning jamoa ichidagi xulq-atvori yuzasidan tanqidiy fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jurnalist braziliyalik futbolchini kiyimxona va jamoa doirasida ziddiyatlar keltirib chiqarishda ayblab, klub rahbariyatiga uni sotish masalasini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Sansning ta’kidlashicha, Real Madrid uchun eng to‘g‘ri qaror futbolchi bilan xayrlashish bo‘lishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vinisius Barselona jamoasiga qarshi o‘yin oldidan kiyimxonada ichki kelishmovchiliklar yasagan va bu vaziyatni nazorat qilishda muammolar yuzaga kelgan. Jurnalist futbolchi o‘z imkoniyatlarini klub uchun to‘liq sarflab bo‘lganini va uning xulqiy muammolari jamoa ruhiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Xuanfre Sansning fikricha, klub uzoq vaqt davomida futbolchining yuqori mahoratiga tayanib, uning xulq-atvoridagi kamchiliklarini e’tiborsiz qoldirgan. Jamoada g‘alabalar ketma ketligi kuzatilganda bunday muammolar sezilmasligi mumkin, biroq natijalar pasayganda ichki ziddiyatlar ochiq holda namoyon bo‘ladi.

Shu sababli, muvaffaqiyatsizliklar davrida keskin va qat’iy qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi. Hozirgi kunda Real Madrid jamoasi maydonda ham murakkab vaziyatga tushib qolgan.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Alaves bilan uchrashuvda jamoa 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Santyago Bernabeu stadionidagi muxlislar Vinisius va Mbappeni hushtaklar bilan kutib olishdi. O‘yin yakunida Vinisius g‘alaba golini urgan va goldan so‘ng klub emblemasini o‘pib, muxlislardan uzr so‘rash orqali vaziyatni yumshatishga harakat qildi.

Manba: One.uz

O‘xshash yangiliklar

OKMK «Qo‘qon-1912»ni so‘nggi daqiqalarda 2:1 mag‘lub etdi
OKMK «Qo‘qon-1912»ni so‘nggi daqiqalarda 2:1 mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasining 25-turida Olmaliqda kechgan OKMK va «Qo‘qon-1912» uchrashuvi so‘nggi daqiqalardagi hal qiluvchi gollar bilan 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu
SportBugun, 18:00
«Manchester Yunayted» «Bornmut» bilan uyda uchrashadi
«Manchester Yunayted» «Bornmut» bilan uyda uchrashadi
Angliya Premer-ligasi doirasida Manchester Yunayted va Bornmut o‘rtasidagi uchrashuv 25-oktyabr kuni soat 19:00 da Toshkent vaqti bilan boshlanadi. O‘yin boshlangach
SportBugun, 17:44
«Barselona» «Real Madrid»ga qarshi «El-Klasiko»da favorit hisoblanadi
«Barselona» «Real Madrid»ga qarshi «El-Klasiko»da favorit hisoblanadi
Bugun 25-oktyabr oqshomida jahon futbol muxlislari intizori bilan kutgan markaziy voqea — Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasidagi «El-Klasiko» start oladi.
SportBugun, 17:44
«Barselona» va «Real Madrid» «El-Klasiko»da uchrashadi
«Barselona» va «Real Madrid» «El-Klasiko»da uchrashadi
Bugun 25-oktyabr oqshomida jahon futbolining eng katta sahnasiga parda ochiladi. Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida azaliy raqiblar «Barselona» va «Real Madrid»
SportBugun, 17:15
«Inter» «Fiorentina» bilan A Seriya uchrashuvini o'tkazadi
«Inter» «Fiorentina» bilan A Seriya uchrashuvini o'tkazadi
Italiya A Seriyasi doirasida 25-oktabr kuni soat 16:30 da (Toshkent vaqti bilan) "Inter" va "Fiorentina" klublari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin boshlanishi
SportBugun, 15:22
yoshli Bodxana Sivanandan ayollar o‘rtasidagi eng yosh xalqaro master bo‘ldi
yoshli Bodxana Sivanandan ayollar o‘rtasidagi eng yosh xalqaro master bo‘ldi
Buyuk Britaniyalik 11 yoshli shaxmatchi Bodxana Sivanandan ayollar o‘rtasidagi eng yosh xalqaro master bo‘lish uchun zarur barcha talablarni bajardi. U 1988 yildan beri
SportBugun, 14:01