Forbes: Ronaldu sport tarixida 2 milliard dollar daromad to‘plagan birinchi futbolchi bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu Forbes nashri hisob-kitoblariga ko‘ra butun sport tarixida jami daromadi 2 milliard dollardan oshgan birinchi futbolchi bo‘lib qayd etildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
41 yoshli portugaliya yulduzi «An-Nasr» klubida o‘ynab, maydondagi natijalari bilan birga yirik biznes imperiyasini ham rivojlantirib bormoqda. Ushbu yutuq unga nafaqat futbol, balki moliyaviy jihatdan ham eng muvaffaqiyatli sportchilardan biri ekanligini tasdiqladi.
Yillik daromad tarkibi 2026/2027 sezonida Ronalduning umumiy tushumi 300 million dollarga yetgan. Bundan 250 million dollari «An-Nasr» klubidan olingan kafolatlangan maosh va bonuslar hisoblanadi.
Qolgan 50 million dollari esa shaxsiy CR7 brendi, global homiylik shartnomalari va tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushgan daromaddir. Bu ko‘rsatkich uni eng ko‘p pul topuvchi futbolchilar ro‘yxatida yakkapeshqadam qiladi.
Raqobatchilar bilan farqi Yaqin raqobi Lionel Messi 145 million dollar bilan undan ikki marta kam daromad topgan. Kilian Mbappe 100 million dollar bilan uchinchi o‘rinda joylashgan.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, reytingga kirgan 10 futbolchining yillik jami daromadi soliqlar va agentlik to‘lovlari chegirilmasidan oldin 942 million dollarni tashkil etgan. Ro‘yxatda Erling Holand, Vinisius Junior, Lamin Yamal, Sadio Mane, Jud Bellingem, Xarri Keyn va Muhammad Saloh ham ishtirok etgan.
Manba: One.uz





