«Barselona» qishida Husanovni sotib olish rejalashtirdi

"Barselona" qishki transfer oynasida "Manchester Siti" markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovni o'z safiga qo'shib olish uchun rasmiy taklif yuborishni rejalashtirgan. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Bunday ma'lumotni FullTime Report nashri o'z manbalariga tayanib e'lon qildi. Kataloniyaliklar 2027 yil yanvarida bo'ladigan transfer darchasi vaqtida o'zbekistonlik futbolchini sotib olish bo'yicha aniq harakatlar rejasini tuzib chiqgan.
Bosh murabbiyning talabi Jamoa bosh murabbiyi Hansi Flik markaziy mudofaa chizig'idagi barqarorlikni oshirish maqsadida jismonan kuchli, tezkor va to'p bilan ishonchli o'ynay oladigan yosh iqtidorni talab qilmoqda. "Barselona" o'tgan yozgi transfer darchasida ham markaziy himoyani kuchaytirishni asosiy vazifa qilib qo'ymagan, biroq muzokaralar yakuniga yetmagan edi.
Shuning uchun klub hozirgi paytda bu bo'shliqni to'ldirish uchun yana bir bor jiddiy harakatga ko'chmoqda. "Siti"dagi moliyaviy sharoit Angliya chempioni "Manchester Siti" moliyaviy feyr-pley qoidalari va balansni tiklash zaruriyati sababli ayrim futbolchilarini sotishga majbur bo'lishi mumkin.
Bu sharoit "Barselona" uchun qulay imkoniyat yaratayotgan, chunki ikki tomon uchun ham manfaatli yechim topish ehtimoli yuqori. Husanov joriy sezonda Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa tarkibida barcha turnirlardan jami 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 596 daqiqa maydonda o'tkazgan.
Uning ishonchli o'yini nufuzli klublar skautlari e'tiborini tortdi. Agar tomonlar qishda kelishuvga erishsa, Abduqodir Husanov "Barselona" tarixidagi birinchi o'zbekistonlik futbolchisi bo'lishi mumkin.
Manba: One.uz





