UFC 333 da Yan Dvalishviliga qarshi unvonni himoya qildi

Abu-Dabida o‘tkazilgan UFC 333 turnirining ikkinchi asosiy to‘qnashuvida o‘ta yengil vazn toifasidagi chempion Pyotr Yan o‘z unvoni muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Rossiyalik jangchi sobiq chempion Merab Dvalishviliga qarshi uchinchi va hal qiluvchi bahsda g‘alaba qozondi. Bu yutuq tarixiya trilogiyaning umumiy hisobini 2:1 ko‘rinishiga keltirdi va ular o‘rtasdagi uzil-kesil ziddiyatga nuqta qo‘ydi.
Jang tarixi va natija Ikki yulduz o‘rtasidagi ziddiyat 2023 yil martdagi birinchi to‘qnashuv bilan boshlandi. O‘sha paytda Dvalishvili to‘xtovsiz teykdaunlar va yuqori kardio evazidan foydalangan holda g‘alaba qozongan edi.
2025 yil dekabrdagi revanshda esa Yan o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ishonchli yutuq olgan va kamarga qayta egalik qilgandi. UFC 333 da kechgan uchinchi bahs esa bu zanjirning yakuniy zvenosi bo‘lib, Yan ustunligini mustahkam qildi.
To‘qnashuv tahlili Besh raund davom etgan bellashuv yuqori temp va mahorat ostida o‘tdi. Pyotr Yan masofani aniq nazorat qilganda, raqibining kurashdagi xavfli urinishlarini samarali bartaraf etdi.
U oyoqda kuchli va aniq zarbalar seriyasi bilan tashabbusni o‘z qo‘lida ushlab turdi. Jang belgilangan barcha raundlar davomida to‘liq davom etdi va yakunda uchta hakam ham bir ovozdan rossiyalik sportchining g‘alabasini e’tirof etishdi.
Ushbu yutuq orqali Pyotr Yan diviziondagi mutlaq yetakchiligi va UFC tarixidagi eng yorqin chempionlardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi. Manba: One.uz





