Laporta: «Barselona» chempionlik uchun kurashni davom ettiradi

Ispaniya La Ligasining 10-turida o‘tgan «El-Klasiko» uchrashuvi Barcelonaning o‘z maydonida Real Madridga 1:2 hisobida mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Uchrashuvdan so‘ng klub prezidenti Joan Laporta Marca nashriga bergan intervyuda vahimaga yo‘l qo‘ymaslik, tarkibdagi yosh iqtidorlarga ishonch bildirish va chempionlik uchun kurashni davom ettirish to‘g‘risida gapirdi. Raqibning taktik ustunligi Laporta mag‘lubiyatning asosiy sababi Real Madridning puxta tayyorgarligini va Barcelonaning asosiy yetakchilarini qattiq nazorat ostiga olganini aytdi.
Bu hodisa esa klubning hujum imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan. Murabbiylar shtabi o‘yindagi barcha kamchiliklarni batafsil tahlil qilib, oldidagi uzun yo‘l va muhim uchrashuvlarga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadini bildirdi.
Turnir jadvalidagi holat Mag‘lubiyatga qaramasdan Barselona 10 ta turdan so‘ng 27 ochko yig‘ib, yaqin raqibi Real Madriddan (24 ochko) 3 ochko bilan oldinda turib, peshqadamlik o‘rnini saqlab qolmoqda. Laporta klubning maqsadining o‘zgarmaganligini, oxirigacha chempionlik uchun kurashishlari va bu maqsadga erishishlari haqida ishonch bilan aytdi.
Manba: One.uz





