Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

YandexGo reklamasida Uzum Market belgisi taqiqlandi

Texnologiya
140
YandexGo reklamasida Uzum Market belgisi taqiqlandi
O‘zbekiston Raqobatni muhofaza qilish qo‘mitasi “Uzum Market” MChJ XKning murojaati asosida “YandexGo UB” MChJga nisbatan raqobat qonunchiligi buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Tekshiruv jarayonida “Yandex Market” reklamasida “Uzum Market” brendi bilan chalg‘ituvchi belgilar mavjudligi aniqlangan. Xususan, reklamada aktrisaning binafsha rangli libosi, ilk kadrlar va uzum belgisi “Uzum Market” oldingi videolariga o‘xshashligi qayd etildi.

Bundan tashqari, bosh qahramonning “A, bu marketmi?!” degan savoli tomoshabinlarda “Uzum Market” haqidagi taassurotni kuchaytirgan, aktrisaning “yo‘q, bu boshqa market” degan javobi esa “Yandex Market” ustunligiga ishora qilgan. Qo‘mita ushbu holatni “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasi doirasida noto‘g‘ri taqqoslash deb baholadi.

Biroq “Uzum Market” tomonidan moddiy zarar yetkazilgani haqida aniq iqtisodiy dalillar taqdim etilmagani sababli, holat past iqtisodiy ta’sirga ega deb topildi va jarima qo‘yilmadi. Shunga qaramay, “YandexGo UB” kompaniyasiga reklama roligini ommaviy axborot vositalaridan bir oy ichida olib tashlash, shuningdek, 14-avgustga qadar Qo‘mitaga tegishli hujjatlarni taqdim etish majburiyati yuklandi.

Qarordan norozi tomon Apellyatsiya kengashi yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026