Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+26°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi

Texnologiya
234
Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi
Massachusets texnologiya instituti olimlari salbiy ruhdagi matn, foto va videolar inson ruhiy salomatligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bunday kontent ruhiy muammolari bor insonlarning holatini yanada yomonlashtiradi.

Internet foydalanuvchilarining qaysi turdagi ma’lumotlarga e’tibor qaratishini tahlil qilish uchun mingdan ortiq inson o‘rganib chiqildi. Ularning qaysi veb-sahifalardan foydalangani, bu jarayon qaysi his-tuyg‘ularni uyg‘otgani — g‘azab, qo‘rquv, qayg‘u yoki quvonch kabi holatlar bo‘yicha maxsus algoritmlar orqali baholandi.

Tadqiqotda ishtirokchilar dastlab 5 kun davomida kuniga 20 daqiqa, so‘ngra esa 30 daqiqa davomida internetda vaqt o‘tkazishdi. Olimlar bu vaqt ichida foydalangan veb-sahifalardagi matnlarni baholashdi. Shu bilan birga, ishtirokchilar internetda qanday emotsiyalarni his qilganini anketalarda qayd etib bordi.

Aniqlanishicha, yaxshi kayfiyatdagi foydalanuvchilar ijobiy va ruhiyatga zarar yetkazmaydigan kontentni tanlashgan bo‘lsa, yomon kayfiyatdagi insonlar ko‘proq salbiy va qo‘rquv hissini uyg‘otadigan materiallarga qiziqish bildirgan.

Tadqiqotchilar ushbu natijalardan kelib chiqib, “Digital Diet” deb nomlangan maxsus plagin ishlab chiqdilar. Bu dastur internetdagi qidiruv natijalarini uch xil mezon bo‘yicha filtrlash imkonini beradi: hissiyotlar (ijobiy yoki salbiy), bilim (ma’lumotni tushunish darajasi) va foydaliligi. Ushbu vosita foydalanuvchilarga salbiy kontentni cheklash va ijobiy axborotga yo‘naltirishda yordam beradi.

“Ruhiy salomatligi muammoli odamlar ko‘pincha salbiy axborot qidirishadi, bu esa ularning holatini yanada og‘irlashtiradi. Digital Diet ularga salbiy kontentdan voz kechishda yordam beradi deb umid qilamiz,” deydi tadqiqotchilar.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026