ENRU

Telegram 2025 yilda 20 million kanalni o‘chirdi

Texnologiya
68
Telegram 2025 yilda 20 million kanalni o‘chirdi
Telegram 2025 yil boshidan buyon 20,9 milliondan ortiq kanal va guruhni o‘chirib tashladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu messenjer tarixidagi eng keng ko‘lamli tozalash jarayoni hisoblanadi. Ayniqsa, 27 iyul kuni 402 mingdan ortiq kanal va guruh yopilishi bilan yangi rekord o‘rnatildi.

Shuningdek, 3 iyul kuni ham yirik miqyosda bloklash ishlari amalga oshirilib, 314 ming kanal faoliyati to‘xtatildi. Rasmiy bayonotda aniq sabablar ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, odatda bunday qarorlar foydalanuvchi shikoyatlari, firibgarlik, tovlamachilik yoki shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Telegram asoschisi Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya so‘nggi paytlarda platformani noqonuniy kontent va “doksing”dan himoya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, messenjer foydalanuvchilar uchun yangi reyting tizimini joriy etmoqda.

Ushbu tizim har bir foydalanuvchiga o‘z hisobining darajasini ko‘rish imkonini beradi. Bu ko‘rsatkich kelajakda to‘lov xizmatlari yoki qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishi mumkinligi ta’kidlandi.

Telegramning ushbu yangilanishlari platformaning xavfsizligi va sifatini oshirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
iPhone 18 smartfonlari bozor narxlari e'lon qilindi
24-oktyabr 2026-yilda iPhone 18 smartfonlari aylamidagi joriy bozor narxlari e'lon qilindi. Narxlar modelga, xotira hajmiga, rangga va SIM-karta turiga qarab farq
TexnologiyaKecha, 11:26
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Tesla yangi Roadster superkarini 0,81 soniyada 97 km/soatga dispersdiradi
Ilon Mask boshchiligidagi Tesla kompaniyasi 2026 yil 15-oktyabrdagi taqdimotda yangi avlod Roadster superkarini ko‘rsatdi. Avtomobil an’anaviy giperkarlar chegarasidan
Texnologiya12:34, 23-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay yaqin kunlarda ishga tushiriladi
O‘zbekistonda Apple Pay xalqaro to‘lov tizimi yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, xizmatning texnik tayyorgarlik
Texnologiya16:50, 22-10-2026
Telegram ovozli qo'ng'iroqlari O'zbekistonda ishlamayapti
Telegram ovozli qo'ng'iroqlari O'zbekistonda ishlamayapti
O'zbekistonda Telegram messenjeri orqali ovozli qo'ng'iroqlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda qo'ng'iroqlarning
Texnologiya14:49, 22-10-2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
O‘zbekistonda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘rgatish va raqamli ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda One.uz xabar
Texnologiya18:34, 20-10-2026
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Endi ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib
Texnologiya09:56, 20-10-2026