ENRU

MAX messenjeri 1 sentabrdan majburiy o‘rnatiladi

Texnologiya
132
MAX messenjeri 1 sentabrdan majburiy o‘rnatiladi
1 sentabrdan boshlab MAX messenjeri elektron qurilmalarga oldindan o‘rnatilishi majburiy bo‘lgan dasturlar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda bosh vazir Mixail Mishustin qaror qabul qildi, deb xabar berildi. Yangi qoidalarga muvofiq, MAX messenjeri 2023 yilda majburiy dasturlar orasida bo‘lgan VK Messenger o‘rnini egallaydi.

Shuningdek, 1 sentabrdan iOS va HyperOS operatsion tizimlariga ham RuStore ilovasini o‘rnatish talab etiladi. Avval bu ilova faqat Android va HarmonyOS qurilmalarida mavjud edi.

MAX messenjeri kelajakda “Gosuslugi” portali va “Sferum” ta’lim platformasi bilan integratsiya qilinishi rejalashtirilgan. Bu ilova oddiy messenjer sifatida emas, balki davlat xizmatlari bilan onlayn muloqot vositasi sifatida ham faoliyat yuritadi.

Ilovaning rasmiy taqdimoti kuzda bo‘lib o‘tadi. Hozirda esa foydalanuvchilar MAX messenjerida yozishmalarni amalga oshirishi, qo‘ng‘iroq qilishi, shuningdek ovozli xabar va fayllarni almashishi mumkin.

Bu yangi qadam raqamli xizmatlarni yanada qulay va samarali qilishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Aktrisa Eshli Beloat suniy intellekt orqali o'g'irlangan qiyofasini himoya qilmoqda
Taniqli aktrisa Eshli Beloat o‘zi bosh rolni ijro etgan serial namoyishidan bir necha oy o‘tgach, xuddi shu syujet asosida ishlangan boshqa bir qisqa metrajli dramaga duch keldi. Bu haqda One.uz
Texnologiya10:51, 12-10-2026
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Smartfonlarning yashirin imkoniyatlarini tekshirish uchun maxsus kodlar ro‘yxati
Zamonaviy smartfonlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ularning ko‘plab foydali funksiyalari odatiy sozlamalar menyusida ko‘rinmaydi.
Texnologiya23:52, 11-10-2026
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiya korporatsiyasi Oydan Yerga energiya uzatish loyihasini taqdim etdi
Yaponiyaning yirik qurilish va muhandislik korxonasi bo‘lmish Shimizu korporatsiyasi koinot texnologiyalari tarixidagi eng dadil va ulkan g‘oyalardan biri hisoblangan Luna Ring loyihasini taqdim
Texnologiya23:52, 11-10-2026
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
RedWing Stealer troyani O‘zbekiston va Qozog‘iston bank hisoblarini o‘g‘iradi
Kiberxavfsizlik bo‘yicha Rossiyaning «F6» kompaniyasi tahlilchilari O‘zbekiston va Qozog‘iston foydalanuvchilarining bank hisoblariga tahdid solayotgan xavfli Android-troyanni fosh etdi. Bu haqda
Texnologiya11:04, 11-10-2026