Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 3 m/s, sharq
ENRU

Smartfon narxlari 2025-yilda sezilarli oshadi

Texnologiya
62
Smartfon narxlari 2025-yilda sezilarli oshadi
Butun dunyoda smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yangi va zamonaviy qurilmalarning narxini oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

DigiTimes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, narxlarning ko‘tarilishi asosan ishlab chiqarish tannarxi va qiymatining oshishi bilan bog‘liq. Tayvanda joylashgan yirik protsessor ishlab chiqaruvchi kompaniya TSMC mahsulotlari narxini 5-10 foizga oshirish niyatida ekanligini hamkorlariga oldindan ma’lum qilgan.

Bu holat yangi smartfonlar narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. TSMC tomonidan ishlab chiqarilgan protsessorlar sentabr oyida taqdim etiladigan yangi iPhone modellarida qo‘llanadi.

Shuningdek, Samsung Galaxy S26 flagman smartfonlari ham TSMC tomonidan ishlab chiqarilgan Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 2 chiplar bilan taqdim etiladi. Eng so‘nggi Android smartfonlari ham Qualcomm protsessorlari asosida ishlab chiqariladi.

Yangi narxlardagi smartfonlar 2025-yil oxirigacha bozorga chiqishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, smartfon ishlab chiqaruvchilar TSMCga qaramlikni kamaytirish yo‘llarini izlamoqda.

Masalan, Samsung o‘zining Exynos protsessorlarini yanada rivojlantirib, Qualcomm chiplariga raqobat qiluvchi modellarni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin. Bu esa kompaniyalarga narx va texnologiya sohasida ustunlikni saqlash imkonini beradi.

Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar yangi modellar va narx oshishiga tayyorlanmoqda. Bu holat foydalanuvchilar uchun yangi smartfon xarid qilish bo‘yicha rejalarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.

Natijada, bozorda raqobat kuchayadi va qurilmalar yanada sifatli va innovatsion bo‘lishi kutilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026