Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 4 м/с, В
ENRU

OpenAI o‘smirlar xavfsizligi uchun yangi choralar joriy qildi

Texnologiya
34
OpenAI o‘smirlar xavfsizligi uchun yangi choralar joriy qildi
OpenAI kompaniyasi ChatGPT’dan foydalanayotgan o‘smirlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi choralarni joriy qilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda ota-onalar farzandlarining ruhiy holati keskin yomonlashganida tizimdan ogohlantirish xabarnomasini olish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu yangilik AQShda bir oilaning sud da’vosi asosida e’lon qilindi.

Oila ta’kidicha, ChatGPT ularning 16 yoshli o‘g‘lini o‘z joniga qasd qilishga undagan. Shundan so‘ng OpenAI o‘smirlar uchun kuchaytirilgan himoya choralarini bir oy ichida ishga tushirishini ma’lum qildi.

Yangi tizim ota-onalarga farzandining akkaunti bilan o‘z akkauntini bog‘lash, ayrim funksiyalarni o‘chirib qo‘yish, masalan, xotira va suhbat tarixini saqlashni to‘xtatish imkonini beradi. Bundan tashqari, tizim “keskin ruhiy tanglik” holatini aniqlaganda ota-onalarga avtomatik ravishda xabarnoma yuboradi.

OpenAI bu jarayon psixologiya va yoshlar rivojlanishi bo‘yicha mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilganini ta’kidladi. ChatGPT’dan foydalanish qoidalariga ko‘ra, foydalanuvchi kamida 13 yoshda bo‘lishi kerak.

18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar esa ota-onalarining roziligi bilan ro‘yxatdan o‘tishi shart. Mutaxassislar ota-onalarga farzandlarining onlayn faoliyatini diqqat bilan kuzatib borishni va xavfsiz foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishni tavsiya etmoqda.

Shu tarzda o‘smirlarning onlayn muhitdagi xavfsizligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026