Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Buyuk Britaniyada aqlli stetoskop sinovdan o‘tdi

Texnologiya
68
Buyuk Britaniyada aqlli stetoskop sinovdan o‘tdi
Buyuk Britaniyada tibbiyot sohasida yangi texnologik yutuq amalga oshirildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Sun’iy intellekt asosida ishlovchi “aqlli” stetoskop ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Imperial College London universiteti hamda NHS Trust tibbiyot xizmati hamkorligida yaratilgan ushbu qurilma yurak faoliyatiga oid bir qator kasalliklarni faqat 15 soniya ichida aniqlay oladi.

Jumladan, yurak yetishmovchiligi, aritmiya, xususan atrial fibrillyatsiya hamda yurak klapanlari bilan bog‘liq muammolarni aniqlash imkoniyatiga ega. Ushbu yangi stetoskop an’anaviy qurilmalardan farqli o‘laroq, nafaqat yurak tovushlarini tinglash bilan cheklanmaydi, balki elektrokardiogramma funksiyasini ham bajaradi.

Qurilma yurak urishi, qon oqimi va yurakning umumiy faoliyatini tahlil qilib, olingan ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida smartfonga yuboradi va tezkor tashxis qo‘yadi. 12 mingdan ortiq bemorda sinovdan o‘tkazilgan ushbu qurilmaning natijalari shifokorlar tomonidan yuqori baholandi.

Yurak yetishmovchiligini aniqlash aniqligi ikki barobar, atrial fibrillyatsiya aniqlash ko‘rsatkichi esa uch barobar oshgani qayd etildi. Shifokorlar bu texnologiya dastlab belgisiz kechadigan yurak kasalliklarini erta bosqichda aniqlashga yordam berishini ta’kidlashmoqda.

Bu esa hayot sifatini yaxshilash va og‘ir asoratlarning oldini olish uchun katta imkoniyat yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026