Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

AirPods Pro 3 yangi funksiyalar bilan taqdim etildi

Texnologiya
131
AirPods Pro 3 yangi funksiyalar bilan taqdim etildi
Apple kompaniyasi sentabr oyida o‘tkazilgan katta taqdimotda AirPods Pro 3 naushniklarini rasman taqdim etdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu model 2022-yildan beri birinchi marta yangilangan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarmagan. Asosiy e’tibor ichki imkoniyatlarga qaratilgan.

Faol shovqinni kamaytirish tizimi ikki barobar samaraliroq ishlaydi. Shuningdek, real vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasi qo‘shilgan, bu esa chet tilidagi nutqni darhol tushunishga yordam beradi.

AirPods Pro 3 naushniklari ilk bor yurak urish tezligini o‘lchovchi datchik bilan jihozlangan. Bu foydalanuvchilarga yurak ritmini kuzatish va sog‘liqni nazorat qilish imkonini beradi.

Sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun esa 15 xil mashg‘ulot rejimini avtomatik aniqlash funksiyasi mavjud bo‘lib, endi buning uchun Apple Watch qurilmasi talab qilinmaydi. Naushniklarning avtonom ishlash vaqti ham yaxshilangan.

Faol shovqinni kamaytirish rejimida 8 soat, eshitishni qo‘llab-quvvatlash rejimida esa 10 soatgacha ishlashi mumkin. Bu kundalik foydalanish uchun yetarli hisoblanadi.

Bundan tashqari, AirPods Pro 3 IP57 standartiga muvofiq suv va changga chidamli bo‘lib, bu Apple mahsulotlari tarixida birinchi marta amalga oshirilgan. Yangi modelda qulaylikni oshirish maqsadida yangi pena materialidan tayyorlangan ambushuralar ham qo‘shilgan.

Barcha yangilanishlarga qaramay, naushniklarning narxi o‘zgarmagan va 249 dollar darajasida saqlanib qoldi. AirPods Pro 3 naushniklari 19-sentabrdan sotuvga chiqadi.

Siz uchun ushbu yangiliklarning qaysi biri eng foydali bo‘ldi?

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026