Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Albaniyada ilk sun’iy intellekt vaziri ish boshladi

Texnologiya
71
Albaniyada ilk sun’iy intellekt vaziri ish boshladi
Albaniya hukumati tarkibida ilk bor sun’iy intellekt vaziri lavozimiga tayinlangan bot Diella parlamentda o‘zining ilk nutqini berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yangi tayinlangan vazir ekran orqali deputatlar oldiga milliy alban libosidagi ayol qiyofasida chiqdi va uch daqiqalik murojaatida konstitutsiyaning asosiy tamoyillarini eslatdi. Diella nutqida xalq xizmatiga mo‘ljallangan institutlar haqida so‘zlab, qonun insonning xromosomasi, qoni yoki jismoniy mavjudligiga emas, balki mas’uliyat, hisobdorlik, shaffoflik va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarga asoslanganini ta’kidladi.

U shuningdek, har qanday inson hamkasbidan kam emas, balki ba’zan undan ham ko‘proq darajada ifoda eta olishini qayd etdi. Sun’iy intellekt vaziri o‘z vazifasini odamlarning ishini egallash deb emas, balki ularga yordam beruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi mexanizm sifatida ko‘rishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, dunyodagi birinchi sun’iy intellekt vaziri sifatida Diella o‘tgan hafta Albaniya bosh vaziri Edi Rama tomonidan jamoatchilikka taqdim etildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Diella alban tilida “quyosh” ma’nosini anglatadi va davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritadi.

Rejaga ko‘ra, davlat xaridlarining butun jarayoni bosqichma-bosqich sun’iy intellekt nazoratiga o‘tkaziladi. Albaniyaning bu qadami nafaqat mamlakat tarixida, balki butun dunyoda davlat boshqaruvining yangi bosqichi sifatida qabul qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026