Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+7°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Buyuk Britaniya Apple’dan iCloud ma’lumotlariga kirishni so‘radi

Texnologiya
35
Buyuk Britaniya Apple’dan iCloud ma’lumotlariga kirishni so‘radi
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi sentabr oyining boshida Apple kompaniyasiga yangi texnik talabnoma yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu talabnoma doirasida Apple’dan Britaniya foydalanuvchilarining shifrlangan iCloud zaxira ma’lumotlariga kirish imkonini taqdim etish so‘ralmoqda. Bu haqda Financial Times nashri ma’lumotlariga tayangan holda Rozetked xabar berdi.

2025 yil yanvarida Buyuk Britaniya hukumati shifrlangan foydalanuvchi ma’lumotlariga global miqyosda kirishni nazarda tutuvchi hujjatni e’lon qilgan edi. Apple ushbu qarorga qarshi apellyatsiya bergan va natijada Buyuk Britaniyada uzluksiz shifrlangan ma’lumotlarni himoya qiluvchi Advanced Data Protection funksiyasini vaqtincha o‘chirib qo‘ygan edi.

Avgust oyida AQSh Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard Britaniya hukumati bu talabnomani AQSh bosimi sabab qaytarib olganini bildirgan. Biroq Financial Times manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda AQSh bosim o‘tkazmayapti va Buyuk Britaniya o‘z rejasini qayta ishga tushirgan.

Huquqni himoya qiluvchi Privacy International tashkiloti ma’lumotlarga faqat bitta davlat uchun kirish imkonini yaratish butun dunyo foydalanuvchilarining xavfsizligini zaiflashtirishini ogohlantirmoqda. Hozirga qadar Apple va Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi mazkur holatga izoh bermagan.

O‘xshash yangiliklar

Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
ALLTEN MCHJ IT kompaniyasi futbol akademiyalari va sport maktablari uchun Skaut tizimini ishga tushirdi. Tizimda CRM va mobil ilovalar bor: akademiya rahbari to‘lov va qarzni, murabbiy davomatni,
Texnologiya12:29, 04-11-2026
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
Apple Pay O‘zbekistonda rekord 142 ming mijozni jalb qildi
O‘zbekistonda global to‘lov tizimi Apple Pay rasmiy ravishda ishga tushirildi va dastlabki kun o‘zining rekord ko‘rsatkichlari bilan eslatib qoldi. Uzum Bank
Texnologiya18:42, 28-10-2026
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Shanxay ko‘chalarida robot-politsiyachilar xizmatga tushdi
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo‘lgan Shanxay shahri ko‘chalarida insonsimon robotlar sinovdan o‘tkazila boshlandi. Mazkur innovatsion qurilmalar yo‘l
Texnologiya10:33, 28-10-2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay rasmiy ishga tushdi
O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlariga ulash imkoniyati ochildi. Bu o‘zgarish shaxsiy moliyaviy
Texnologiya14:12, 27-10-2026
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyada shaxmat uchun o‘ziga xos aylanuvchi silindrsimon taxta yaratildi
Britaniyaning Design by Joffrey dizayn studiyasi shaxmat olamida inqilobiy yangilik sifatida baholanayotgan o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Ijodkorlar asrlar davomida
Texnologiya23:54, 26-10-2026
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
L3Harris va Palantir sun'iy intellekt yordamida dronlarga qarshi majmualarni takomillashtiradi
AQSH mudofaa korporatsiyasi L3Harris va ma'lumotlar tahlili kompaniyasi Palantir harbiy texnikalarni takomillashtirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida birgalikda ish
Texnologiya12:14, 26-10-2026